So’nggi yangiliklar

18:00ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар. Таркиблар маълум  41 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  2 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  3 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  1

Superliga. "Navbahor" "Dinamo" bilan murosa ko'chasini tanladi, Hojimirzaev penaltidan gol urolmadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Dinamo" bilan murosa ko'chasini tanladi, Hojimirzaev penaltidan gol urolmadi

Superliga 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" bellashuvi nihoyasiga etdi.

Superliga

1-tur

"Navbahor" – "Dinamo" 0:0

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30

Gol urilmagan penalti: Anvar Hojimirzaev 90+4' (noaniq)

Bosh hakam: Ravshan Abdivohidov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Sherzod Azamov

"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 4.Shahzod Toirov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 15.Javohir Abdujabborov (55.Komiljon Tojiddinov, 73), 17.Ruslanbek Jiyanov (70.Abbos G'ulomov, 73), 29.Pedro Augusto Kabral Karvalo (9.Zabihillo O'rinboev, 58), 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (10.Shahzodbek Ubaydullaev, 79), 71.Navro'zbek Iminjonov.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 6.Sherzod G'ulomjonov, 8.Shohmalik Komilov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 23.Jahongir Tursunov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon (22.Ulug'bek Abdullaev, 63), 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (11.Xislat Xalilov, 84), 9.Mirjahon Mirahmadov (37.Firdavs Abdurahmonov, 88), 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov 63), 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 20.Jaloliddin Jumaboev, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirishlar: Javohir Abdujabborov (41), Anvar Hojimirzaev (45+1), Gilerme Gedesh (65), Ulug'bek Abdullaev (90+1).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! 

90+4. Uuuux! Anvar Hojimirzaev penaltidan unumli foydalana olmadi, uning zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

90+3. Penalti! Salim Mustafoevning uzatmasidan keyin to'p Abbos G'ulomovning qo'liga tegdi. 

90+1. Ulug'bek Abdullaev kechiktirilgan fol uchun ogohlantirildi. 

90+1. Zarba! Anvar Hojimirzaevning zarbasi himoyachiga tegib qoldi. Bugun tajribali hujumchining omadi yurishmadi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. "Dinamo"da o'zgarish: Mirjahon Mirahmadov o'rniga Firdavs Abdurahmonov maydonga tushdi. 

87. Hisob hamon ochilmaganiga qaramay, maydonda jiddiy qarama-qarshilik kuzatilmoqda va bahs zerikarli o'tmayapti. 

85. Uuuux! Anvar Hojimirzaevning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

84. "Dinamo"da o'zgarish: Qodirqulov o'rnini Xalilovga bo'shatib berdi. 

81. Mustafoev maydon markazida O'rinboevga nisbatan qo'pollik ishlatdi, fol. 

79. "Navbahor"da o'zgarish: Odilov o'rniga Ubaydullaev tushirildi. 

79. Uuuux! Stanoevichning "pushka" zarbasini Ergashev qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 

76. Sal avval to'qnashuvda ishtirok etgan Navro'zbek Iminjonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

73. "Navbahor"da 2 ta almashtirish: Jiyanov o'rniga G'ulomov, Abdujabborov o'rniga Tojiddinov bahsga qo'shildi. 

71. Jiyanovning burchak zarbasidan oshirgan pasidan keyin samarqandlik himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

67. Uuuux! Qanday vaziyat! Anvar Hojimirzaevning chamasi 4 metrdan yo'llagan zarbasi manzilga aniq bormadi. Ana xolos! 

65. Katta tezlikda oldinga intilgan Anvar Hojimirzaevni yiqitgan Gilerme Gedesh sariq kartochka oldi. 

63. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Fraydey o'rniga Oybek O'rmonjonov, Duglas Maykon o'rniga Ulug'bek Abdullaev bahsni davom ettiradi. 

62. Teydi Mirahmadovga nisbatan qo'pol o'ynaganday tuyuldi, ammo hakam jarima zarbasi yo'q dedi. 

58. "Navbahor"da o'zgarish: Pedro Karvalo o'rniga Zabihillo O'rinboev tushdi. 

58. Uuuux! Alisher Odilovning yaqin masofadan bergan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

57. Zarba! Jiyanovning aylanma zarbasidan keyni Yagudin uni bartaraf etdi. 

56. Teydi – Odilov kombinaciyasidan keyin vinger to'pni darvozabonga "hadya qildi". 

54. Jiyanovning ichkarga oshirib bergan uzatmasidan so'ng Kucherenko to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.  

49. Zarbaa! Anvar Hojimirzaevning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Jamoalar 0:0 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishdi. 

45+1. O'yin to'xtab qoldi. VAR Hojimirzaev bilan bog'liq holatni tekshirib chiqdi. Bosh hakam VAR'dagilar bilan uzoq suhbatlashdi. Xulosa: bahs davom etadi...

45+1. Hojimirzaev ogohlantirildi. Hujumchi Karpovich bilan "kontakt"dan unumli foydalanib qolmoqchi bo'lib, simulyaciya ishlatdi. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Zarbaaa! Stanoevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin O'rozov bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

43. Uuuux! Ratinoning uzatmasidan so'ng Richard Fraydey to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yishga harakat qildi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Sergey Karpovich qaytarib qoldi. 

41. Javohir Abdujabborov Ratinoga nisbatan ortdan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

38. Zarbaaa! "Dinamo" qarshi hujumga o'tib ketdi. Hojimirzaevning qulay pasidan keyin Richard Fraydey chap oyoqda noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

37. Zarbaaaa! Ruslan Jiyanov himoyachini chalg'itgan holda darvozani nishonga oldi, Yagudin katta qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi. 

34. Zarba! Mirsaidovning qanotdan oshirib bergan to'pini Jiyanov darvozaga yo'naltirdi, zarba kuchsiz chiqib qoldi. 

33. O'rozovning uzun pasini qabul qilib olgan Hojimirzaev raqibni aldashga kirishib ketdi, ammo shu paytda hakam hushtagi chalindi, ofsayd. 

31. Zarbaaa! Benjamin Teydining raqib qurshovidagi zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

28. Jiyanovning ichkariga oshirib bergan xavfli uzatmasidan so'ng Qodirqulov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

25. Zarbaaa! Iminjonovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini Yagudin qaytardi, burchak zarbasi. 

22. Uuuux! Pedro Karvaloning akrobatik zarbasi ozgina noaniq ketdi. Qanday zo'r gol bo'lardi-ya...

20. "Navbahor" hujumlarini faollashtirdi, "Dinamo" himoyachilari hozircha sergak. 

17. Samarqandlik muxlislarning hayqirig'i ham eshitila boshladi. Ular o'z sevimli jamoalarini "Markaziy" stadionidan turib qo'llab-quvvatlamoqda. 

12. Teydi maydon markazida Mirahmadovga nisbatan qoidani buzdi. 

8. Vadim Abramov shogirdlari tezkor gol urishga astoydil harakat qilmoqda. Har holda hozircha faqat ular hujum uyushtirmoqda.  

5. O'yin boshidanoq shiddatli tus oldi. Muxlislar ham faol – namanganlik ishqibozlar futbolni sog'ingani yaqqol bilinmoqda. 

3. Richard Fraydey deyarli birga-bir holatga chiqib borgandi, ammo so'nggi pallada unga himoyachi to'sqinlik qilib qoldi. 

1. Uchrashuv start oldi! 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика