So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  7 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Ar-Riyodga etib kelgan "Paxtakor" delegaciyasi "Real" yashagan mehmonxonaga joylashdi Yangiliklar

Ar-Riyodga etib kelgan "Paxtakor" delegaciyasi "Real" yashagan mehmonxonaga joylashdi

Biroz avval Osiyo Elit Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirayotgan "Paxtakor" klubi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga etib keldi.

Qirol Xolid xalqaro aeroportida Toshkent klubi delegaciyasini O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi xodimlari tomonidan kutib olindi. Shundan so'ng "Paxtakor" "Al Hilol" tomonidan ajratilgan avtobusda "Movenpick" mehmonxonasiga yo'l oldi. Darvoqe, "Paxtakor" joylashgan mehmonxonadan Saudiyaga tashrifi chog'ida Madridning "Real" klubi ham  "boshpana" sifatida foydalangan ekan. 


Takidlash joiz, "Paxtakor" klubi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan maxsus charter reysda "sherlar"ni muhim o'yinda qo'llab-quvvatlash uchun 150 kishi etib keldi. Ular orasida 10 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bor. Jamoa bilan birga kelgan 120 nafarga yaqin "Paxtakor" muxlislar klubi azolaridan tashqari Saudiya zaminida tahsil olayotgan, ishlayotgan hamyurtlarimiz ham ertangi uchrashuvda futbolchilarni yolg'izlatib qo'yishmaydi. 


Malumot uchun, bugun Saudiya vaqti bilan soat 21:30 (Toshkentda 23:30)da har ikki klub ishtirokida rasmiy mashg'ulot, uning ketidan bosh murabbiy va bir nafardan futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyruga jamoa yarim himoyachisi Jonatan Lukka hamrohlik qiladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика