Bahrom Haydarov: "Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman"
08 mar 2025 22:50
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman"
O'yin haqida
- Chempionat starti barchani tabriklayman. Shuningdek, Ramazon oyi bilan xalqimizni va 8-mart bayrami munosabati bilan mo'tabar ayollarimizni muborakbod etaman.
Ikki yildan buyon Pro-ligada ishtirok etayotgandik. Bugun Superligaga qaytish va debyut o'yinimiz bo'ldi. Jamoada umumiy hayajon bo'ldi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bosimdan qutulib, o'yin haroratini his qila boshladik. Ikkinchi bo'limda tashabbus biz tomonga o'tdi. Biroq, har ikki bo'lim nazdidan xulosa qilsak, bugungi durang adolatli natija deb hisoblayman.
- Natijadan qoniqdingizmi yoki o'yin sifatidanmi?
- Bu haqida tushuntirdim. Birinchi o'yinda hayajon bo'ladi. O'yin sifati sekin-sekin yaxshilanib boradi. Ochilish o'yinida bosim bo'ladi.
- "Andijon" jamoasi sizda qanday taasurot qoldirdi?
- "Andijon"ni o'rganib chiqqandik. Bugun hayajon sabab borimizni ko'rsatib bera olmadik. O'yinlar davomida yigitlardan bosim tushib boradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar