

O'zbekiston Superligasi. 22-tur
"Surxon" - "Qo'qon-1912" 1:0
20 sentyabr 2026 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 18:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Aleksandr Burov
Zaxira hakami: Diyorbek Temirbekov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
Komissar: Davron Ibrohimov
Gol: 1:0 – 8, Tornike Dzebniauri
"Surxon": 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo'taev (23.Komronbek Yusupov, 79), 11.Richard Emeka Fraydey (10.Sunnatulla Abdullajonov, 90+2), 14.Tohirjon Ashurbaev, 15.Diyor Ramazonov (18.Behruz O'ktamov, 46), 19.Farruxjon Qodirov (17.Sarvar Abduhamidov, 46), 21.Tornike Dzebniauri (27.Muhammadali Musaxonov, 90+2), 26.Behruz Shukurullaev, 66.Behruz Shaydulov
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 31.Kamronbek Ergashev, 39.Mirmaqsud Mirusmonov, 41.Abdurahmon Daminov
"Qo'qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazava (10.Shohrux Gadoev, 62), 11.Silvanus Nimeli, 15.Zafar Hakimov, 19.Shahzod Akramov (44.Andro Giorgadze, 90+2), 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulomhaydar G'ulomov (9.Javohir Husanov, 86), 90.Akbar O'ktamov (71.Elbekjon Yo'lchiev, 62), 99.Muhammadanas Hasanov (22.Toma Tabatadze, 86)
Zaxira: 24.Ozodbek Mirzanazarov, 6.Alisher Salimov, 18.Muhriddin Pazlidinov, 70.Shohrux Mahmudxo'jiev
Ogohlantirishlar: Shota Gvazava (29), Akbar O'ktamov (51), Sarvar Abduhamidov (73), Richard Emeka Fraydey (82)
🏁 90+4-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi!
O'zbekiston Superligasining 22-turi doirasida kechgan "Surxon" – "Qo'qon-1912" bahsi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. O'yindagi yagona golga 8-daqiqada Tornike Dzebniauri mualliflik qildi. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob boshqa o'zgarmadi.
🔄 90+2-daqiqa. Ikkala jamoa safida o'zgarishlar:
"Surxon" tarkibida yagona gol muallifi Tornike Dzebniauri o'rniga Muhammadali Musaxonov, Richard Emeka Fraydey o'rniga esa Sunnatulla Abdullajonov maydonga tushdi.
"Qo'qon-1912" safida Shahzod Akramov o'z o'rnini Andro Giorgadzega bo'shatib berdi.
⏱ 90-daqiqa. Bosh hakam Ilgiz Tantashev ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.
🔥 90-daqiqa. Xavfli vaziyat! Richard Emeka Fraydey yana bir bor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, zarba yo'lladi, biroq to'p yana ustun yonidan o'tib ketdi.
🔄 86-daqiqa. "Qo'qon-1912" safida yana ikkita o'zgarish: G'ulomhaydar G'ulomov o'rniga Javohir Husanov, Muhammadanas Hasanov o'rniga esa Toma Tabatadze bahsga qo'shildi.
83-daqiqa. "Surxon" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Richard Emeka Fraydey raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
🟨 82-daqiqa. "Surxon" hujumchisi Richard Emeka Fraydey qo'polligi uchun bosh hakam Ilgiz Tantashev tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔄 79-daqiqa. "Surxon" jamoasi safida navbatdagi o'zgarish: Humoyun Sherbo'taev o'rniga Komronbek Yusupov maydonga tushdi.
74-daqiqa. Javohir Sidiqov jarima zarbasidan to'pni havolatib jarima maydoniga etkazib berdi. Jasurbek Yoqubov bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, biroq Davron Merganov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
🟨 73-daqiqa. "Surxon" yarim himoyachisi Sarvar Abduhamidov Javohir Sidiqovga nisbatan qoidani buzdi. Hakam Ilgiz Tantashev qoidabuzarlik uchun sariq kartochka ko'rsatdi.
🔥 71-daqiqa. Xavfli vaziyat! Elbekjon Yo'lchiev raqib jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, darvozani nishonga oldi. "Surxon" posboni Davron Merganov to'pni oyoqlari bilan qaytarib, yana bir bor jamoasini muqarrar goldan qutqardi.
🔥 67-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Qo'qon-1912" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba yo'lladi. "Surxon" darvozaboni Davron Merganov ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
🔥 66-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Qo'qon-1912" futbolchisi Shahzod Akramov chap qanotdan oldinga o'tib, jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Rikoshet hosil qilgan to'p to'g'ri darvoza tomon yo'naldi, biroq Davron Merganov uni qaytarishga muvaffaq bo'ldi va keyingi epizoddayoq to'pni to'liq nazoratga oldi.
65-daqiqa. "Qo'qon-1912" burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydoniga etkazilgan to'p darvoza tomon yo'llandi, biroq ustun yonidan o'tib ketdi.
🔄 62-daqiqa. "Qo'qon-1912" safida birdaniga ikkita o'zgarish ro'y berdi: Shota Gvazava o'rniga Shohrux Gadoev, Akbar O'ktamov o'rniga esa Elbekjon Yo'lchiev maydonga tushdi.
61-daqiqa. "Surxon" yarim himoyachisi Humoyun Sherbo'taev olis masofadan darvozani nishonga olishga urindi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
55-daqiqa. Richard Emeka Fraydey jarima maydonchasi ichida chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq unchalik kuchli chiqmagan to'pni "Qo'qon-1912" darvozaboni Rahimjon Davronov qiyinchiliksiz egallab oldi.
🟨 51-daqiqa. Akbar O'ktamov "Surxon"ning xavfli qarshi hujumini to'xtatib qolish maqsadida raqib libosidan tortib qoldi. Bosh hakam "Qo'qon-1912" futbolchisini sariq kartochka bilan jazoladi.
50-daqiqa. "Qo'qon-1912" burchak zarbasini amalga oshirdi. To'p uzatilgach, Akbar O'ktamov darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq himoyachiga tekkan to'p yana maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
🔄 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffusda "Surxon" tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Farruxjon Qodirov o'rniga Sarvar Abduhamidov, Diyor Ramazonov o'rniga esa Behruz O'ktamov maydonga tushirildi. Behruz O'ktamov O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi.
⏸ 45+1-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Toshkentning "Jar" stadionida o'tayotgan bahsda "Surxon" jamoasi Tornike Dzebniaurining 8-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga "Qo'qon-1912" ustidan 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Tez orada ikkinchi bo'lim boshlanadi.
⏱ 45-daqiqa. Bosh hakam Ilgiz Tantashev birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berdi.
41-daqiqa. "Qo'qon-1912" hujumchisi Muhammadanas Hasanov jarima maydonchasi ichida raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. "Surxon" darvozaboni Davron Merganov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
35-daqiqa. O'yin tempi biroz sekinlashdi.
🟨 29-daqiqa. "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Shota Gvazava maydon markazida Tornike Dzebniauriga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatdi.
21-daqiqa. "Qo'qon-1912" vakili Shahzod Akramov raqib darvozasi tomon navbatdagi zarbani yo'lladi, biroq bu safar ham urinish noaniq bo'ldi.
17-daqiqa. Dostonbek Tursunov jarima zarbasidan to'pni raqib maydonchasiga etkazib berdi. "Surxon"ning yana bir futbolchisi darvoza tomon zarba yo'llashga urindi, biroq raqib himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
⚽️ 8-daqiqa. GOL! Tornike Dzebniauri raqib jarima maydonchasi tashqarisida Sidiqovdan to'pni olib qo'ydi va uni o'ziga to'g'rilab olgan holda, darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. "Surxon" hisobda oldinga chiqib olmoqda – 1:0.
7-daqiqa. "Qo'qon-1912" futbolchisi Shahzod Akramov jarima maydonchasi ichida chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
📢 1-daqiqa. Bosh hakam Ilgiz Tantashevning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi. Maydon egalari "Surxon" jamoasi sariq, mehmonlar "Qo'qon-1912" esa oq rangli liboslarda to'p surmoqda.



