Rossiya terma jamoasi Grenadaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi - manba
10 mar 2025 20:32
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi Grenadaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi - manba
19 mart kuni Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Grenada terma jamoasi bilan uchrashadi.
Bu haqda "Sport Baza" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'yin Moskvadagi "Dinamo"ning uy stadionida bo'lib o'tadi. Valeriy Karpin shogirdlari u erda 25 mart kuni Zambiya terma jamoasi bilan ham ro'baro' keladi. Bundan tashqari, Ozarbayjon va Tanzaniya bilan o'yinlar tashkil qilinishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Grenada FIFA reytingida 174-o'rinni egallab turibdi. Rossiya esa 34-o'rinda.
Aytish joizki, Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 2022 yildan buyon faqat 1 marta yutqazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar