Rossiya terma jamoasi Grenadaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi - manba

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 20:32
19 mart kuni Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Grenada terma jamoasi bilan uchrashadi.

Bu haqda "Sport Baza" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, o'yin Moskvadagi "Dinamo"ning uy stadionida bo'lib o'tadi. Valeriy Karpin shogirdlari u yerda 25 mart kuni Zambiya terma jamoasi bilan ham ro'baro' keladi. Bundan tashqari, Ozarbayjon va Tanzaniya bilan o'yinlar tashkil qilinishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Grenada FIFA reytingida 174-o'rinni egallab turibdi. Rossiya esa 34-o'rinda.

Aytish joizki, Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 2022 yildan buyon faqat 1 marta yutqazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Baza