"Liverpul" Adidas bilan shartnoma imzoladi
10 mar 19:20
Yangiliklar


"Liverpul" Adidas bilan shartnoma imzoladi
"Liverpul" mashhur Adidas kompaniyasi bilan uzoq muddatli kelishuv tuzdi.
Bu haqda mersisaydliklar klubi rasmiy sayti xabar berdi.
"Qizillar" matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar ko'p yillik shartnomaga imzo chekkan.
"Liverpul" 1 avgustdan nemis sport kiyimlari brendi libosida maydonga tushadi. Bungacha tomonlar ikki marta – 1985 yildan 1996 yilgacha va 2006 yildan 2012 yilgacha hamkorlik qilgan.
Angliya Premer-ligasining 29-turidan keyin "Liverpul" ochkolari sonini 70 taga etkazib, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Arne Slot shogirdlari ikkinchi o'rindagi Londonning "Arsenal" jamoasidan 15 ochko oldinda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar