So’nggi yangiliklar

02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  1 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  16 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  19 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  0 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  2 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  23 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  11 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  3 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  1 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  14

Andijonda yana bir xususiy futbol klub faoliyatini boshladi Yangiliklar

Andijonda yana bir xususiy futbol klub faoliyatini boshladi

Teglar :  AndijonAndijon-SGS
Andijon viloyatida futbol ommaviyligini oshirish, yosh avlodni professional futbolga o'tishida munosib hissa qo'shish, mamlakatimizning turli yosh toifalaridagi terma jamoalariga nomzodlarni etkazib berish maqsadida yana bir xususiy professional futbol klubi faoliyatini boshladi.

"Andijon shiringaz servis" korxonasi rahbariyati Andijon futbol akademiyasi bilan hamkorlikda,  bevosita ushbu dargoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida professional futbol klubini tashkil etdi. "Andijon-SGS"  nomi bilan bu yil O'zbekiston birinchi liga musobaqasida ishtirok etadigan ushbu yosh jamoa bugun O'zbekiston Coca Cola Kubogining dastlabki bosqichida ilk uchrashuvini o'tkazdi. 

Toshkent shahrida mahalliy Do'stlik jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonlik yosh futbolchilar uchrashuvning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobida durangga imzo chekib,  yakunda penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozondi. 

Malumot uchun, "Andijon-SGS" jamoasiga iqtidorli murabbiy  SHoxruh Ishanov bosh murabbiylik qilib kelmoqda.  Jamoa o'zagini asosan 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil etadi. Ularning orasida Rauf Inileev boshqaruvidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod o'yinchilarning ham borligini alohida etirof etish lozim.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика