Pep Gvardiola: "Kevin de Bryuynedan tashqari 30 yoshdan oshgan barchaning qolishini istayman"
28 fev 2025 21:14
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Kevin de Bryuynedan tashqari 30 yoshdan oshgan barchaning qolishini istayman"
Pep Gvardiola "Manchester Siti" tarkibida 30 yoshdan oshgan futbolchilarning jamoada qolishini istashini aytdi.
Murabbiy ESPN nashriga bergan intervyusida Bernardu Silva, Jona Stounz, Ederson va Ilkay Gyundoganlarni kelasi mavsum uchun rejalariga kiritganini aytdi. Biroq Kevin de Bryuynening jamoada qolishi klubga bog'liq bo'lib turibdi.
"Bizda yoshi 30dan oshgan futbolchilar bor, lekin ular klubning kelajagi bir qismi bo'lib qoladi. Kelajagini klub bilan hal qiladigan Kevin De Bryuynedan tashqari kelgusi mavsumda shartnomasi yakunlanadigan istalgan futbolchining javobini kutamiz.
Ularning barchasi bizga yordam beradi. Kelasi mavsumda ham bizni ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Faqatgina yangi futbolchilarga tayanib bo'lmaydi. Faxriylarning ham yordami kerak bo'ladi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar