Leo Messi: "Parijda baxtli emasdim"

Mirjalol Normatov
28 fev 2025, 22:18
"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi PSJdagi faoliyatini yodga oldi.

"Parijda ikki yilni o'tkazdim. Biroq bu menga yoqmadi. U yerda baxtli emasdim.

Keyin MLS'da faoliyatimning bir qismini o'tkazishni o'yladim. Buni doimo xohlaganman.

"Inter Mayami"ning loyihasi menga yoqdi, klub o'smoqda, rivojlanmoqda. Bu erga kelishni, klubga yordam berishni istadim. Shuningdek, MLS'ning jahondagi brendiga katta ta’sir o'tkazmoqchi bo'ldim.

MLS'ni tez va kuchli liga deb ayta olaman. Hozir bu yerda ko'plab yosh futbolchilar kelishmoqda. Barcha jamoalar hujum qilishga, gollar urishga, ochiq o'yin ko'rsatishga intilyapti.

Kelajagim? Bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman va har bir lahzadan, klub, o'yinlar, do'stlar, oilam bilan zavq olyapman. Kelajagim haqida oldindan gapirishni istamayman", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox Sports