So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  0 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

PSJ Luis Enrike bilan unikal shartnoma imzolamoqchi. Vaziyat aslida qanday? Yangiliklar

PSJ Luis Enrike bilan unikal shartnoma imzolamoqchi. Vaziyat aslida qanday?

Teglar :  PSJLuis Enrike
Kuni-kecha ispaniyalik Luis Enrike FIFA talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.

2025 yilda uning boshchligidagi PSJ deyarli barcha musobaqada zafar quchdi: Chempionlar Ligasi, Franciya chempionati, Kubogi va Superkubogi, undan tashqari UEFA Superkubogi va Qitalararo kubok. Parijliklar ettinchi sovrinni ham o'zlarini qilishlari mumkin edi, biroq Klublar o'rtasidagi JCH finalida "Chelsi"ga imkoniyat boy berildi (0:3).

Rahbariyat murabbiyning ishidan shu qadar mamnunki, unga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqida Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.


Unikal holat

Yodingizda bo'lsa kerak, Luis Enrike 2023 yilning yozida PSJ boshqaruvini qo'liga olgandi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan, biroq klub bosslari uzoq muddatli rejalarni barchasini amalga oshirish uchun bir yarim yil kamlik qiladi, deb hisoblashmoqda.

Rahbariyat barcha muhim masalalarda mutaxassisni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Qo'lga kiritilgan sovrinlar esa tanlangan yo'l to'g'riligini ko'rsatmoqda.

Malumotlarga ko'ra, Doxada o'tgan Qitalararo kubok finalidan keyin PSJdagilar ispaniyalikka chinakamiga unikal taklif bildirish haqida o'ylab qolishgan.

"Klubda ispaniyalik bilan umbrod shartnoma imzolash haqida o'ylashmoqda", — takidlanadi materialda.


"Bizning maqsadimiz — g'alaba"

Hozir Luis Enrike 55 yoshda. Nazarimizda, u chindan ham hali ancha uzoq vaqt Parijda faoliyat olib borishi mumkin — har holda Enrike hech qaerga ketish niyatida emas.

"Olti sovrin — yomon emas, — tabassum bilan gapiradi Enrike "Flamengo"ga qarshi o'yindan keyin. — Bu g'alaba shuni bildiradiki, keyingi yil bizning libosimizda yana bir sovrin aks etgan bo'ladi. Biz o'tgan mavsumda bo'lgani kabi ajoyib o'yin ko'rsata oldik. Maqsadimiz o'zgarmaydi — eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishda davom etmoqchimiz", — deya murabbiy so'zlaridan iqtibos keltiradi "Canal Supporters".

Shubhasiz, oxirlab borayotgan yil PSJ tarixidagi eng yaxshisi bo'ldi. Enrike qo'l ostida jamoa tubdan o'zgarmoqda: yangi yosh futbolchilar ochilib bormoqda, jamoa etakchisi Kilian Mbappening "Real"ga ketishini ham klub nisbatan oson boshdan o'tkazdi. 

"Parijda barcha menga minnatdorchilik bildirmoqda, lekin bu mening ishim. Biz uchun bunday klubda ishlash sharaf va shu yo'sinda mehnat qilishda davom ettirishimiz zarur. Ajoyib yilni o'tkazdik, biroq bugun kun va kelajakni ham unutmaslik muhim", — dedi murabbiy klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

PSJ futbolchilari individual sovrinlarga ham ega bo'lishdi. Usmon Dembele "Oltin to'p" sohibiga aylangan bo'lsa, Dezire Due "Golden Boy" sovriniga loyiq ko'rildi. Bundan tashqari, aynan "Flamengo"ga qarshi o'yinda seriyada qatorasiga 4 ta penaltini qaytargan Matvey Safonov FIFA rekordini o'rnatdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 dek 07:35:42
TOSHQONDIY
TOG'RI ENRIKE FAKTIRI KOTTA , LEKIN UMURBOD SHARTNOMA XATO BOLADI DEP OYLAYMAN . BARCHA JABHADA PASTU - BALANDLIK BO'LADI . 2025 PSGNIKI EKAN ,KELASI YIL BOSHQA JAMOANIKI BOLISHI MUMKUN , MURABBIYHAM CHARCHAYDI ,JAMOAHAM OYNOLMAYDI . OYLAYMANKI KOTTA SHANS BERISH KERAK , LOKIN BUTUN UMURGAMAS.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика