"Arsenal" himoyachisi Saliba: "Men APLni yaxshi ko'raman, lekin asosiy maqsadim - Chempionlar ligasi"
25 dek 2025 21:48
Yangiliklar
"Arsenal" himoyachisi Saliba: "Men APLni yaxshi ko'raman, lekin asosiy maqsadim - Chempionlar ligasi"
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba joriy mavsumda APL va Chempionlar ligasi g'olibligidan qaysi biri muhim ekanligini aytdi.
"Biz buni doim jamoadoshlarim bilan muhokama qilamiz. O'ylashimcha, APLni yaxshi ko'rishimga qaramay, men ko'proq xohlaydiganim — Chempionlar Ligasi. Chunki "Arsenal" hech qachon Chempionlar Ligasida g'olib bo'lmagan, bu esa mening sevimli turnirim. Ammo ikkalasini ham yutib olishimizga qarshi emasman”, — dedi Saliba.
"Arsenal" 17 o'yindan so'ng 39 ochko bilan APL 2025/26 yilgi mavsum turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o'rindagi "Manchester Siti"ni 2 ochkoga, 3-pog'onadagi "Aston Villa"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Kanonirlar" Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 6 tur yakuniga ko'ra 18 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rin "Bavariya”ga tegishli (15 ochko).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar