APL hakami bir yarim yilga Evropa futbolidan chetlatildi
28 fev 2025 20:46
Yangiliklar
APL hakami bir yarim yilga Evropa futbolidan chetlatildi
Arbitr Devid Kut 2026 yilning oxirigacha Evropada ishlay olmaydi.
Oldinroq internetda britaniyalik hakamning oq kukun hidlayotgan videolari tarqalib ketgandi. Rolik Kut messenjer orqali 6 iyul kuni, Evro-2024 chorak finalida VAR hakami bo'lib ishlagandan keyingi kun yozib olingan.
Shuningdek, o'sha videoda "Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni takabbur deb atagan. Dekabr oyida Angliyaning hakamlikka javob beruvchi tashkiloti Kutni hakamlikdan chetlatganini malum qilgandi.
Endi UEFA ham ushbu jazoni qo'lladi. Devid 2026 yil yoziga qadar Evropa qitasidagi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar