So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  11 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  5 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  26 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

Otasi futbolchi bo'lishini xohlamagan, "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng taqdiri o'zgargan va yaylovdan Chempionlar ligasiga yo'l olgan "Andijon"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Otasi futbolchi bo'lishini xohlamagan, "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng taqdiri o'zgargan va yaylovdan Chempionlar ligasiga yo'l olgan "Andijon"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

"Andijon" klubi chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovich bilan shartnoma imzoladi.

Luka Uskokovich 1996 yil 10 aprelda Chernogoriyada tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini "Buduchnost" jamoasida boshlagan. Karerasining katta qismini Sloveniyaning "Maribor" klubida o'tkazgan.

Otam meni futbolchi bo'lishimni xohlamagan. Bolaligimda mahalladagi maydonchalarda va ko'chalarida tinimsiz to'p ketidan quvlardim. Otamni Slavko Vlaxovich nomidagi futbol maktabiga borishga ko'ndirdim. O'shanda taxminan o'n yoshda edim. U erda ikki yilcha shug'ullanganman, keyin "Buduchnost" yoshlar jamoasi uchun bir nechta o'yinchilar qatorida meni ham tanlab oldi. Uyga dam olish va o'qish uchun qaytish o'rniga, ko'proq futbol bilan shug'ullanardim.

Zabjeloga keldim va u erda yarim yil yashab qoldim. Shuningdek, futzal o'ynashni ham boshlab yubordim. Keyinchalik menga Sloveniyadan qo'ng'iroq qilishdi. Nova Goricaga ko'chib o'tishim kerak edi, shu bois o'sha erga jo'nab ketdim.

Jamoasiz paytim o'rmondagi yaylovda shug'ullana boshladim, chunki meni chaqirishlariga ishonardim. "Buduchnost" menga ishonch bildirmayotgandi, biroq "Yomon narsaning ham yaxshi tomoni bor" deganlaridek, o'sha paytda Italiyaning "Parma" klubi filiali bo'lgan jamoa bilan "Manchester Siti"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdim va yaxshi o'yin ko'rsatdim. O'shanda inglizlar murabbiyi Patrik Vieyra edi (2013–2015 yillarda u U-23 jamoasini boshqargan — tahririyat). Men Zabjelodan bu erga "Manchester Siti"ga qarshi o'ynagani kelgandim. Biroq "Nova Gorica" menga shartnoma taklif qila olmadi. Shunda "Maribor" men haqimda eshitib, meni sinovga chaqirdi. "Maribor" butun Sloveniyadan iqtidorli futbolchilarni to'playdigan klub sifatida tanilgan. "Maribor"da etti kun bo'ldim, so'ngra Chernogoriyaga qaytdim. Taxminan 20 kundan keyin ular meni jamoaga taklif qilishdi. Shunda sinovdan o'tganimni his qildim.

O'sha paytda "Maribor" yoshlar o'rtasidagi Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etayotgan edi. Men beshta mashg'ulotdan keyinoq maydonga tushib, barcha oltita uchrashuvda ishtirok etdim. Yaylovdan to'g'ri Chempionlar ligasiga keldim.

Uskokovich "Maribor"ning yoshlar jamoasida to'p tepdi, so'ngra ikkinchi ligaga ijaraga berildi. Uning takidlashicha, ikkinchi ligadagi o'yinlar orqali katta tajriba to'pladi va ijaradan qaytgach, "Maribor"ning asosiy jamoasida o'ynay boshladi.

Ishonchli o'yinlaridan so'ng unga "Red Bull Zalcburg", "Strasburg", "Lex" va boshqa jamoalardan takliflar tushdi, ammo aynan shu paytda u dastlabki jarohatiga yo'liqdi.

Go'yo kimdir meni qarg'agandek edi, maydonga tushishim bilan to'satdan tovonimda og'riq sezdim. Shunda operaciya qildirishim kerakligini tushundim. Bu jarohat tufayli bir yarim yilimni yo'qotdim.

Shundan keyin u yana bir jarohat oldi va bir necha oy davomida tiklanishga majbur bo'ldi.

(O'sha paytdagi murabbiy) Mauro Kamoranezi meni A Seriya darajasidagi futbolchi deb aytdi. Agar u kabi buyuk futbolchi sizga shu gapni aytsa, demak, siz, albatta, nimagadir arziysiz. Bu so'zlar meni yanada ko'proq, qattiqroq va yaxshiroq ishlashga undadi.

Milliy terma jamoaga kelsak, Uskokovich yoshlar tarkibida o'ynagan va yaqin kelajakda asosiy terma jamoa libosini kiyishga umid qilmoqda. 

"Har bir futbolchi davlat gerbi tushirilgan libosni kiyishni orzu qilishi tabiiy hol. Shu bois men terma jamoadan chaqiruv olish uchun qattiq mehnat qilaman. 

"Maribor" tarkibida jami 75 o'yin o'tkazgan va uch karra Sloveniya chempioniga aylangan Uskokovich 2024 yilning yozida klub bilan xayrlashib, Latviyaning "Liepaya" jamoasiga o'tdi.

Bu erni tark etayotganimdan afsuslanaman, ammo futbolchining taqdiri shunday. Har birimiz o'z yo'limizda davom etamiz, lekin men ajoyib davr ortda qolganini takidlashim joiz. Bu erda umr bo'yi unutolmaydigan ko'plab do'stlar orttirdim. "Maribor" mening ikkinchi uyim va doimo shunday bo'lib qoladi. Klubga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, chempionlik unvonini qaytarsin va evrokuboklarda omad yor bo'lsin. Afsuski, hamma narsa shunchalik tez sodir bo'ldiki, jamoadoshlarim va klubdagi barcha bilan xayrlashishga ulgurmadim. Imkon paydo bo'lishi bilan, albatta, bu erga yana tashrif buyuraman. Men "Maribor" muxlisi bo'lib qolaman va jamoa o'yinlarini kuzatib boraman, o'zim esa Latviyada yangi sinovlarni boshlayman.

Biroq Lukaning Latviyadagi safari tez yakunlandi. 2025 yilning yanvarida 1,93 metr bo'yga ega markaziy himoyachi "Andijon" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Yaxshi kutib olganinglar uchun rahmat. Juda xursandman va bu erda bo'lishdan mamnunman. Men juda ko'p malumotlar yig'dim. Klub va shahar haqida yaxshi fikrlar eshitdim. O'zbekiston chempionati haqida asosan pozitiv fikrlarni aytishdi. Bu men uchun yangi chaqiruv va yangi sinov. O'zbekiston chempionatidagi sarguzashtlarim boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.


Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz

Superligadagi debyutida "Nasaf"ni jazolagan, hokimdan mashina olgan hamda Toshkentda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

"Men Messi yoki supermen emasman" — yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика