O'zbekiston kubogi. Final mezbonligi uch stadiondan biriga nasib qiladi
26 fev 2025 14:38
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. Final mezbonligi uch stadiondan biriga nasib qiladi
"Liga 2020 yildan buyon O'zbekiston kubogining final uchrashuvini ketma-ketlikda turli shaharlarda o'tkazib kelmoqda. Bunda mezbon stadion nomi musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlanishidan avval aniqlab olinadi.
Har mavsum oldidan u yoki bu stadionda tamirlash ishlari olib borilayotgani, stadionlar Liga tomonidan qo'yilayotgan talablarga moslashtirilayotgani sir emas. Aynan shu jihat finalni qabul qilish uchun davogar stadionlar ro'yxatini shakllantiradi. 2020 yilda finalga Namangan mezbonlik qilgan bo'lsa, keyinchalik hal qiluvchi o'yinlar Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg'ona shaharlarida o'tkazildi.
2025 yilgi mavsumda bosh sovrin egasini aniqlab beradigan uchrashuvni qabul qilish uchun 3 ta shahar davogarlik qiladi: Andijon, Olmaliq va Termiz. So'nggi yillarda mazkur arenalarda sezilarli o'zgarishlar amalga oshirildi. Final o'yini aynan kimga nasib qilishini bugungi qura oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze aniqlab beradi", — deyiladi xabarda.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar