"PSJ" "Enfild"ni zabt etdi: Dembeledan dubl va yarim final!

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026
YCHL 1/4 finalining javob uchrashuvi doirasida "Liverpul" hamda "PSJ" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Liverpuldagi mashhur "Enfild" stadionida kechgan uchrashuvda Parij klubi 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. O'yinni Mauricio Mariani boshqarib bordi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo'lim yakunida hal bo'ldi:

73-daqiqa: Usman Dembele hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

90+1-daqiqa: Dembele o'zining ikkinchi golini urib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari bilan tanishing:

"Liverpul": 25. Mamardashvili, 30. Frimpong, 5. Konate, 4. van Deyk, 6. Kerkez, 38. Gravenberx, 8. Soboslai, 10. Mak Allister, 7. Virtc, 22. Ekitike, 9. Isak.

PSJ: 39. Safonov, 2. Hakimi, 5. Markinos, 51. Pacho, 25. Mendesh, 17. Vitinya, 87. Nevesh, 33. Zair-Emeri, 14. Due, 7. Kvaratsxeliya, 10. Dembele.

Dastlabki bahsda ham 2:0 hisobida g'alaba qozongan "PSJ", ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0 hisobi bilan yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi Luis Enrike shogirdlari final yo'lida "Real" Madrid - "Bavariya" juftligi g'olibiga qarshi bahs olib borishadi. "Liverpul" uchun esa joriy yilgi Yevropa zafarlari yakuniga etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia