So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  11 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  36 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Ilhom Abdug'aniev: To'g'risi, jamoa sardori bo'lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buning o'ziga yarasha masuliyati bor Yangiliklar

Ilhom Abdug'aniev: To'g'risi, jamoa sardori bo'lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buning o'ziga yarasha masuliyati bor

Vishista Krakov jamoasiga qarshi jamoa sardori sifatida maydonga tushgan Ilhom Abdug'aniev uchrashuvdan so'ng andijonliklar matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Ilhom, avvalo o'yindan olgan taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- O'yinni sust boshladik va tezkor gol qabul qilib oldik. Bu raqib jamoani ruhlantirdi va ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. Ammo yomon o'yin bo'lmadi, deb o'ylayman. Biz ham etarlicha vaziyatlar yaratdik. Biroq oxirida golga aylantira olmadik. Bilasiz, tarkibimizda yangi kelgan futbolchilar bor. Ular jamoa o'yiniga moslashib borishyapti. Xudo xohlasa, qolgan uchrashuvlarda yaxshi o'ynab ijobiy natijalarga erishamiz, degan umiddaman.

- Siz ushbu uchrashuvda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdingiz. Sardorlik bog'ichi ostida to'p surish qanday bo'ldi?

- To'g'risi, jamoa sardori bo'lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buni albatta o'ziga yarasha masuliyati bor.

- Oldimizda yana 3 ta o'yin bor. Lekin shu kungacha bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvlari orasida siz uchun eng qiyin raqib qaysi bo'ldi?

- Ha, yig'inimiz davomida yana 3 ta o'yinimiz bor. Albatta, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali bor etiborimizni o'yinimizni shakllantirishga qaratyapmiz. Shu kungacha bo'lgan o'rtoqlik o'yinlari orasida qiyin raqib «Boras Banya-Luka» jamoasi bo'ldi, deb o'ylayman.

- Uchrashuvda ikkala jamoa noqulay ob-havo sharoitida o'ynadi. Bu hol qanchalik tasir qildi, deb o'ylaysiz?

- Bugungi o'yin yomg'ir ostida o'tdi. Biroq uchrashuvga unchalik tasir ko'rsatdi, deya olmayman. Chunki maydonda raqib ham, biz ham shu sharoitda o'ynadik. Balki chempionat boshlarida ham shunaqa ob-havo sharoitida o'ynashimiz mumkin. Jamoamiz Xudo xohlasa, bunday holatlarga ham tayyor bo'ladi.

- Uchrashuvdagi tezkor gollardan keyin ham jamoa tushkunlikka tushmadi va raqibga munosib qarshilik ko'rsatdi. Kutilmagan tezkor gollar o'yin rejasini o'zgartirib yubordi, deb o'ylaysizmi?

- Albatta, tezkor gol o'yinga tasir ko'rsatadi. Biroq uchrashuv davomida biz raqibga butun o'yinda ustunlik qilishiga yo'l qo'ymadik. 2 ta goldan keyin bizda ham yaxshi hujumlar bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshlarida 2-3 ta yaxshi vaziyatimiz bor edi. Hakam tomonidan jamoadoshimizga qizil kartochka ko'rsatilganidan so'ng bir futbolchi kam bo'lib qoldik. Shunga qaramasdan yigitlar vaziyatlar yaratishga harakat qilishdi.

- Umuman, Antaliya yig'ini jamoamiz uchun qanchalik foydali bo'lyapti, deb o'ylaysiz?

- Antaliyadagi yig'inimiz tabiiyki, jamoamizga katta foyda bo'lyapti. Mashg'ulot qilishga sharoitlar juda yaxshi. Ikki mahaldan mashg'ulot, jismoniy va taktik tomondan murabbiylar jamoa ustida ishlashyapti. Qolaversa, juda yaxshi saviyadagi sparring-raqiblar bilan o'ynayapmiz. Ushbu bellashuvlar orqali optimal formaga kirib, chempionatga puxta tayyorlanib boryapmiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика