Shensni yana 1 yil "Barselona"da qoladimi?
28 fev 2025 19:48
Yangiliklar
Shensni yana 1 yil "Barselona"da qoladimi?
Kataloniya klubi Voycex Shensniga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqchi.
Voycex Shensni 2024 yilning yozida faoliyatini yakunlagandi, biroq Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan so'ng "Barselona" unga futbolga qaytardi.
Darvozabon darhol asosiy tarkibdan joy olmagan bo'lsa-da, jamoada o'ynashga rozi bo'ldi. U klub ishonchini qozonishga ulgurgan.
Ter Shtegen xochsimon bog'lamini uzib olgani tufayli ancha vaqtdan beri davolanmoqda. Shuni hisobga olgan "Barselona" Shensni bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor.
Manbalarga ko'ra, klub rahbariyati polshalik posbon bilan bitimni 1 yilga uzaytirmoqchi, shunda u ter Shtegen to'liq tuzalib ketgunga qadar birinchi raqamli bo'lib qoladi.
Transfermarkt portali uning narxini 1 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar