So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  5 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Andijon viloyat futbol associaciyasi “Bolalar uyi”da bayram tadbiri tashkil etdi Yangiliklar

Andijon viloyat futbol associaciyasi “Bolalar uyi”da bayram tadbiri tashkil etdi

Andijon shahridagi "Bolalar shaharchasi" yurtimizda yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin namunasidir.

Mazkur majmua 16 ta zamonaviy uy-joy, futbol stadioni, yopiq suzish havzasi, boks va gimnastika zallari, yozgi amfiteatr hamda musiqa zalini o'zida mujassamlashtirgan. Maskanda 95 nafar tarbiyalanuvchi talim va tarbiya oladi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan Andijon viloyat futbol associaciyasi muassasada bayramona ruhdagi xayrli tadbir tashkil etdi. “Bolalar shaharchasi”ga o'z vaqtida “Andijon” klubi va O'zbekiston terma jamoasida to'p surgan futbolchi Baxtiyor Hamidullaev, faxriy futbolchi Rahim Qodirov va yana bir qator millionlar o'yini fidoyilari tashrif buyurishdi.


“Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan ikki jamoaga Baxtiyor Hamidullaev va Rahim Qodirovlar murabbiy sifatida bosh bo'lib, maydonga olib tushishdi. Yosh futbolchilar o'z muxlislarining olqishlariga sabab bo'ladigan darajadagi o'yin ko'rsatdilar.

Bahs yakuniga etgach, bayram davom etdi. Maskan badiiy havaskorlari yig'ilganlarga qo'shiq va raqslardan iborat o'z dasturini namoyish qildilar.

Futbol uchrashuvida ishtirok etgan har bir yosh futbolchiga viloyat futbol associaciasining diplomlari va turli sport anjomlaridan iborat sovg'alar topshirildi.

“Bolalarni futbolga bo'lgan qiziqishini ko'rib mazkur maskanda ushbu sport turi bo'yicha muntazam ish olib boruvchi to'garak tashkil qilganmiz”, - deydi viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov. – Mazkur to'garakda talim muassasasining o'ttizdan ziyod tarbiyalanuvchilari futbol sirlarini o'rganmoqda. Umid qilamizki, kelajakda ular orasida mashhur futbolchilar chiqadi”.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика