Anchelotti PSJ bilan o'yin haqida: "Umid qilamanki, Benzema va Neymar o'ynay oladi"
12 fev 2022 09:02
Yangiliklar
Anchelotti PSJ bilan o'yin haqida: "Umid qilamanki, Benzema va Neymar o'ynay oladi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJga qarshi ECHL o'yini oldidan Karim Benzemaning holati haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, Benzema va Neymar kabi ajoyib futbolchilar o'ynay olishadi. Agar zo'r o'yinchilar maydonga tushishsa, o'yin maksimal ravishda qiziq kechadi.
Eng asosiysi - futbolchining sog'lig'i. Agar Benzema borasida qandaydir tavakkal kerak bo'lsa, buni qilmaymiz. Barchasini to'g'ri baholash kerak. Agar u seshanba kuni maydonga tushsa, demak xavf yo'q.
Ko'ramiz, u yakshanba yoki dushanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olarmikin. Barchasi shu kunlarda hal bo'ladi", - dedi murabbiy.
Fikrlar