Kumir bilan uchrashuv: Yamal Braziliyada Neymar bilan birga futbol o'ynadi
20 iyu 15:44
Yangiliklar
Kumir bilan uchrashuv: Yamal Braziliyada Neymar bilan birga futbol o'ynadi
Braziliyalik yosh iqtidor egasining videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining yosh iqtidori Lamin Yamal Braziliyada o'zining kumiri Neymar bilan uchrashdi.
"Santos"ning 33 yoshli futbolchisi Neymar o'zining Instagram sahifasida Yamalning qum ustida to'p bilan o'ynayotgani aks etgan qisqa videoni joylashtirdi.

Oldinroq 17 yoshli vinger Neymar kumiri ekanligini aytgandi. Lamin uni futbol afsonasi deb ham atagan.
Lamin Yamal o'tgan mavsum klub va terma jamoa safida 62 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 26 ta golli pas uzatdi. U "Barselona" bilan chempionatda g'olib chiqdi, Kubok va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan Millatlar Ligasi finaliga chiqdi va penaltilar seriyasiga ko'ra Portugaliyaga yutqazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar