Davide Anchelotti "Real"dagi eng yomon holat haqida gapirdi
01 iyu 21:09
Yangiliklar


Davide Anchelotti "Real"dagi eng yomon holat haqida gapirdi
Kichik Anchelotti "Real"dagi faoliyati davomidagi eng yomon lahza haqida fikr bildirdi.
"Real" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va yordamchisi Davide Anchelotti klubdagi eng yomon vaziyat haqida gapirdi va u vaziyat aynan "El Klasiko"ga to'g'ri keladi.
"Menimcha, eng yomon lahza Xavining birinchi mavsumida "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ga qarshi El-Klasikoda 0:4 hisobida mag'lub bo'lishimiz edi", -deydi Davide Anchelotti.
Ushbu o'yin 2022 yil 20 mart kuni bo'lib o'tgandi. O'shanda kataloniyaliklar safida Per-Emerik Obameyang ikki marta, Ronald Arauxo va Ferran Torres esa bittadan gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar