Anchelottining o'g'li "Botafogo" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining farzandi Davide Anchelotti "Botafogo" jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi.

Kichik Anchelotti joriy yil iyul oyidan buyon Braziliya jamoasini boshqarib kelayotgandi.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Botafogo" Braziliya chempionatida oltinchi o'rinni egalladi. Chempionlikni esa "Flamengo" qo'lga kiritdi.

Davide Anchelotti avval otasining murabbiylar shtabida "Real"da faoliyat yuritgan. Undan oldin Karlo Anchelotti bilan birga "Bavariya", "Everton", "Napoli" va PSJ jamoalarida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN