Neymarning goli "Santos"ga g'alaba keltirdi, "Flamengo"ning g'alabali seriyasi to'xtadi
17 iyu 2025 08:00
Yangiliklar
Neymarning goli "Santos"ga g'alaba keltirdi, "Flamengo"ning g'alabali seriyasi to'xtadi
Braziliya chempionatining 14-turida "Santos" va "Flamengo" o'zaro to'qnash keldi.
84-daqiqada braziliyalik hujumchi Neymarning urgan goli hisobiga "Santos" Braziliya chempionatida ketma-ket ikkinchi g'alabasini qayd etdi. "Flamengo" esa uchta ketma-ket g'alabadan so'ng ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Keyinki turda "Santos" 20 iyul kuni "Mirasol"ga qarshi maydonga tushadi, "Flamengo" esa 21 iyul kuni "Fluminense" bilan derbida kuch sinashadi.
Hozirda "Santos" 14 ochko to'plab, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. "Flamengo" esa 27 ochko bilan chempionatda peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar