Anchelotti: "O'ylashimcha, Xabi Alonso "Real"da qolmoqchi"
08 noy 2013 17:14
Yangiliklar


Anchelotti: "O'ylashimcha, Xabi Alonso "Real"da qolmoqchi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yarim himoyachisi Xabi Alonso borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Alonsoning safga qaytishi bu men uchun eng yaxshi yangilik. Men uni "professor" deb atayman. Alonso jamoa uchun muhim o'yinchi. Xabining shartnomasini uzaytirish borasida gap so'z bo'lishi mumkin emas, u bizga juda kerak. O'ylashimcha, futbolchining o'zi ham shu erda qolmoqchi", - deydi Anchelotti.

Fikrlar