So’nggi yangiliklar

23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  1 23:00Россия кубоги. ЦСКА чорак финал жавоб учрашувида "Рубин"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  9 22:28"Милан" ва "Атлетико" иштирокидаги ўйинларнинг бошланғич таркиблари аниқ  0 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  3 21:25ПСЖ нега айнан Ҳусановга қизиқиб қолди? Foot Mercato нашри Абдуқодирга Париж клубидан бўлган қизиқиш тафсилотларини маълум қилди  13 20:29Рўзиқул Бердиев: "Рақиб маҳоратли ўйинчиларга эга жамоа, аммо биз кўпроқ ўз ўйинимизга эътибор беришимиз зарур"  8 19:45Небойша Йовович: "Муҳими ўйинга бўлган тайёргарлик ва ғалабага бўлган ишонч"  3 18:57Нкунку "Челси"дан Бундеслигага қайтиши мумкин  0 18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 17:45ПСЖ Абдуқодир Ҳусановга қизиқиш билдирмоқда  31 17:22"Манчестер Юнайтед" "Вулверхэмптон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 16:55Эшитдик-да! Усмон Тошевнинг ўрнини ким эгаллаши маълум  20 16:38"Пахтакор" - ОКМК учрашувида пенальти бормиди? Нега ҳакам "Бунёдкор" футболчисини майдондан четлатмади? 25-тур ўйинларида ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 16:14ОКМК устози, "Андижон" посбони ва бошқалар — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  0

"Alyo, ref": Hakamlar ketma-ket ikkinchi turda “Nasaf”ga yordam berishdimi? “So'g'diyona”ning toza goli bekor qilindi. Superliganing 12-turida qanday xatolar yuz berdi? Yangiliklar

"Alyo, ref": Hakamlar ketma-ket ikkinchi turda “Nasaf”ga yordam berishdimi? “So'g'diyona”ning toza goli bekor qilindi. Superliganing 12-turida qanday xatolar yuz berdi?

Hakamlik faoliyati bo'yicha rossiyalik ekspertimiz Anatoliy Sinyaev bahsli qarorlarni tahlil qildi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (“Alyo, ref!” Telegram kanali muallifi) Superliganing 12-tur uchrashuvlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

❌ "Surxon" - "Metallurg"
VAZIYATNI KO'RISH

Menimcha, hakam "Surxon" futbolchisini maydondan chetlatgandan ko'ra, qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka ko'rsatishi mumkin edi. Ha, u raqib oyog'ini bosib oldi, lekin qoidabuzarlikda oyoq kafti butkul ishtirok etmagan: "Surxon" o'yinchisining tovoni erda edi, bu "amplituda" (tebranish kengligi) etishmasligidan dalolat beradi. VAR epizodga aralashishga haqqi yo'q edi, chunki hakamning sezilarli xatosi mavjud emasdi. SHunday bo'lsa-da, takrorlayman, bu holatda faqat sariq kartochka ko'rsatilishi mumkin edi.

❌ "Surxon" - "Metallurg" VAZIYATNI KO'RISH

“Surxon” himoyachisi to'pga o'ynamasdan, raqib oyog'iga zarba berdi. Tushunish kerakki, agar bu qoidabuzarlik sodir bo'lmaganida, "Metallurg" hujumchisi to'p nazoratini o'zida saqlab qolishi mumkin edi. “Surxon”ning qolgan futbolchilari qoidabuzarlik nuqtasidan 2-3 metr uzoqlikda edi, vaziyat esa darvozaga yaqin o'rta liniyada sodir bo'ldi. Bu holatda “Metallurg” hujumchisi raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqa olardi. Bu gol urish uchun aniq imkoniyatdan mahrum qilish deganidir ("so'nggi chora"). Hakam “Surxon” himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi. VAR epizodga aralashishi kerak edi, chunki bosh hakamning xatosiga ishora qiluvchi omillar mavjud.

✅❌ "Surxon" - "Metallurg" VAZIYATNI KO'RISH

Umuman olganda, “Surxon” oldingi chiziq vakilining to'pig'iga “hujum” uyushtirildi. Ehtimol, tasvir sifati tufayli u shunchaki raqib jarima maydonchasida yiqilgandek tuyular. Ammo yaqinroqdan qaraganda, parallel ravishda harakat qilayotgan “Metallurg” himoyachisi tasodifan uning oyog'ini bosgani aniq. SHuning uchun men hakamning penalti belgilash haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman. Biroq bu vaziyatda baribir xatolik mavjud: himoyachiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi, chunki oyoqning butun yuzasi bilan raqibga "hujum qilish" ogohlantirish bilan jazolanishi kerak.

✅ "Navbahor" - "Qizilqum" VAZIYATNI KO'RISH

Hakamning “Qizilqum” himoyachisiga sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochka ko'rsatish qarorini qo'llab-quvvatlayman. VAR epizodga to'g'ri aralashdi. Aslini olganda, hakamlar jamoasi himoyachining o'ng oyog'i bilan to'pga tashlanishidan keyin chap oyoq bilan sodir etilgan qo'shimcha harakatini ko'rmadi. CHetlatish uchun amplituda (tebranish kengligi) va tasir kuchi etarli emas.

✅❌ "Navbahor" - "Qizilqum"
VAZIYATNI KO'RISH

Mazkur vaziyatda “Navbahor” futbolchisiga sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochka ko'rsatildi. U hakam bilan bahslasha boshladi va buni juda agressiv tarzda amalga oshirdi: futbolchi shiddat bilan yugurib kelib, qo'llarini silkitdi. Bu, albatta, sariq kartochka degani. Lekin ayni paytda “Navbahor” futbolchisi tomonidan dastlabki qoidabuzarlik sodir etilmadi: u to'pni to'xtatib olishga urinish chog'ida koptok “Qizilqum” himoyachisining yuziga tegdi, bu holatda burchak zarbasi belgilanishi kerak edi. Hakam shunchaki xatoga yo'l qo'ydi, demak, "Navbahor" futbolchisining noroziligini tushunish mumkin, lekin yuqorida aytganimdek, u buni juda agressiv tarzdan namoyon qildi.

✅❌ "Navbahor" - "Qizilqum" VAZIYATNI KO'RISH

Hakam o'rinli tarzda “Navbahor” foydasiga penalti belgiladi. “Navbahor” futbolchisi sakradi va to'pga boshi bilan zarba berishi mumkin edi, biroq uni orqa tomondan turtib yuborishdi. Bu erda hakam “Qizilqum” himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatmagani g'alati. CHetlatish haqida esa gap-so'z bo'lishi mumkin emas, chunki to'p yuqori balandlik bo'ylab harakatlanayotgandi. Agar to'p shunday balandlikda uchayotganda "Navbahor" futbolchisi sherigiga uzatma amalga oshirsa/qanotdan kross uzatmasi bo'lsa va u orqa tomondan turtib yuborilsa, bu maydondan chetlatilish bo'lishi mumkin.

❌ "Nasaf" - "Neftchi" VAZIYATNI KO'RISH

Men bilan ishlaydigan hakamlar guruhi bilan bu masalani muhokama qilgandik. Bizningcha, bu vaziyatda VARning noto'g'ri aralashuvi ro'y bergan. Mana ko'ring, o'tgan turda nima sodir bo'lgandi.

Bu ikki kartochka o'rtasidagi "chegara"viy vaziyatdir. VAR hakami bunga aralashmasligi kerak.
1) To'p "Nasaf" futbolchisi nazoratida bo'lmagan;
2) Himoyachilar taxminan bir xil chiziqda edilar - ulardan kamida bittasi yakkakurashga kirishishi mumkin edi;
3) Hujum qilayotgan o'yinchi qochib ketishi va darvozabon bilan birga-bir chiqishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Agar epizod qanotda emas, markazga yaqinroq bo'lganida va himoyachilar darvozadan uzoqroqda bo'lganida, biz VAR aralashuvi va ehtimoliy chetlatish haqida gaplashishimiz mumkin edi. Xatolik tufayli “Neftchi” himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatildi. Bunday paytlarda, xatoning aniq dalillari bo'lmasa, hakamning dastlabki qarori qabul qilinishi kerak. Bundan tashqari, agar hakam dastlab qizil kartochka ko'rsatgan bo'lsa, u ham qabul qilinishi kerak edi.

✅❌ "Nasaf" - "Neftchi" VAZIYATNI KO'RISH

Hakam o'rinli ravishda “Nasaf” foydasiga penalti belgiladi. “Neftchi” futbolchisi raqib zarbasini to'sib, yiqilish vaqtida qo'lini surdi va shu orqali tana maydonini kengaytirdi. Biroq zamonaviy talqinlarga ko'ra, bu erda sariq kartochka ko'rsatilmasligi kerak edi - ilgari bunday epizodlarda ko'rsatilardi, hozir esa bu ishga qo'l urilmaydi. VAR epizodga to'g'ri aralashdi.

✅ "Nasaf" - "Neftchi" VAZIYATNI KO'RISH

Men bu vaziyatda qoida buzilishini ko'rmayapman. “Nasaf”ning goli to'g'ri hisoblandi. Turli jamoalarning ikki o'yinchisi o'rtasida o'zaro "chegaraviy" kurashi mavjud. Ular bir-birlarini qo'llari bilan ushlab, kichik istilodan xalos bo'lishga harakat qilishdi. VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi.

✅ OKMK – "Paxtakor" VAZIYATNI KO'RISH

Uzatmadan keyin qo'l bilan o'ynashning klassik lahzasi sodir etildi. OKMK himoyachisining qo'li yon tomonga surilib, tana maydonini oshiradi. Buni VARning to'g'ri aralashuvi va "Paxtakor" foydasiga penaltining to'g'ri belgilanishi deb hisoblash mumkin.

✅ OKMK – "Paxtakor" VAZIYATNI KO'RISH

Hakam “Paxtakor” darvozasiga penalti belgilamay to'g'ri qildi. Bu epizodda hakam ideal poziciyani egallaganini ham qayd etish joiz. U yakkakurashning barcha tafsilotlariga guvoh bo'lib, to'g'ri qaror qabul qildi. “Paxtakor” himoyachisi ikki oyog'i bilan maysazorda turadi va to'pga qarab hech qanday harakat qilmaydi, yani yakkakurashda qatnashishga urinmaydi. To'qnashuv qarama-qarshi yo'nalish bo'ylab harakat tufayli sodir bo'ladi. O'sha vaziyatda himoyachi to'p uchun kurashni to'xtatganida, hujumchi to'pni yon tomonga yo'naltirgandi. VARning vaziyatga aralashmaganiga ham o'rinli.

✅ OKMK – "Paxtakor" VAZIYATNI KO'RISH

Hakam “Paxtakor”ning golini to'g'ri hisobladi. To'p havodan pasaya boshlaganda o'yinchilar o'rtasida biroz kontakt paydo bo'ldi, biroq “Paxtakor” futbolchisi raqibni orqa tomondan turtib yubormadi. U OKMK himoyachisining elkasiga suyanmadi, to'p uchun kurashayotganda ikkala futbolchi ham sakradi; VARning vaziyatga aralashmagani ham o'rinli.

✅ OKMK – "Paxtakor" VAZIYATNI KO'RISH

"Paxtakor" himoyachisi o'yindan tashqari epizodda raqibini ikki qo'li bilan turtib, ochiqdan-ochiq ahmoqlik qildi. OKMK futbolchisi to'pni sherigiga uzatib bo'lgandi. VAR epizodga haqli ravishda aralashdi, “Paxtakor” darvozasiga asosli penalti belgilandi.

❌✅ "Bunyodkor" - "Olimpik"
VAZIYATNI KO'RISH

Hakam juda "qiziq" qaror qabul qildi. Hujum qilayotgan o'yinchi shunchaki raqib jarima maydonchasiga yiqilib, jamoadoshiga zarba berib yuboradi. Raqib tomonidan qandaydir to'xtatib qolish yoki chalib yuborish holati bo'lsa ham, bu minimal darajada edi. Qolaversa, to'p yuqorida bo'lgani sababli futbolchining darvozaga zarba yo'llashi dargumon edi.
Ikkinchi holat: “Bunyodkor” futbolchisini chetlatish. U raqib jarima maydonchasi ichida yiqilganidan keyin "Olimpik" futbolchisini tepdi. Bu erda hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin, qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi; Ammo penalti belgilash bilan bog'liq savollar mavjud.

✅ "Bunyodkor" - "Olimpik" VAZIYATNI KO'RISH

“Bunyodkor” futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatgan hakamning qarori o'rinli. "Olimpik" futbolchisi sakrashidan avval qoidabuzar oyog'ining tag qismi bilan raqib oyog'i to'piq qismiga zarba berdi. Bu holatda jarohat olish xavfi yuqori sanaladi. Men hakamning yaxshi poziciyada turgani va tezkor qarorini qayd etmoqchiman.

✅ "Bunyodkor" - "Olimpik"
VAZIYATNI KO'RISH

Bu holatda hech qanday qoida buzilishini ko'rmayapman. Uzatma amalga oshirilgandan so'ng, "Olimpik" o'yinchisi to'pga tashlandi va etolmadi. So'ngra inerciya natijasida kontakt paydo bo'ldi, uning tashabbuskori esa aynan "Olimpik" vakili hisoblanadi. “Bunyodkor” himoyachisi, aslida, to'p uchun kurashishga urinmadi, shunchaki raqibi bilan yonma-yon yugurdi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.

✅ "Bunyodkor" - "Olimpik" VAZIYATNI KO'RISH

O'yinni davom ettirish qarori o'rinli. “Olimpik” futbolchisi jarima maydonchasi ichida raqibini aldab o'tmoqchi bo'ldi, ammo “Bunyodkor” himoyachisi o'ng oyog'ini oldinga cho'zishga ulgurib, to'pga o'ynadi. SHundan so'ng muvozanatini yo'qotgan mezbonlar vakilining qo'ltiq qismiga to'p tegib ketdi - bu qo'l bilan o'yin degani emas. Keyin esa “Bunyodkor” himoyachisi yiqilib tushdi, ammo qo'l bilan to'pga o'ynamadi. Hakam mohirlik bilan epizodni baholadi, VAR ham vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi. Hakamning yaxshi poziciyaja joylashganini qayd etmoqchiman.

✅ "Bunyodkor" - "Olimpik"
VAZIYATNI KO'RISH

Yordamchi hakamning ofsayd deb hisoblagan qarorini qo'llab-quvvatlayman, natijada "Olimpik"ning goli bekor qilindi. Hech qanday ofsayd chizig'i chizib ko'rsatilmagani sababli, maysazordagi liniya yagona chamalash vositasi bo'ldi. SHunga asoslanib, "Olimpik" futbolchisi taxminan yarim metr masofada raqibidan ilgarilab ketgan deya taxmin qilish mumkin.

❌ "Bunyodkor" - "Olimpik" VAZIYATNI KO'RISH

Mazkur vaziyatda hakamni qo'llab-quvvatlay olmayman. “Bunyodkor” himoyachisining qo'li nisbatan tanaga yaqin bo'lishiga qaramay, u intuitiv (ichki hissiyot) ravishda qo'lini to'p tomon olib boradi. Bu qoida buzilishi hisoblanadi. Bu holatda hakam epizod sodir bo'lgan joydan biroz uzoqda turgandi. Darvoqe, shu erda savol tug'iladi: agar “Bunyodkor” himoyachisi to'pga oxirgi bo'lib tekkan bo'lsa (hatto u qoida buzmasdan o'ynagan deya hisoblasak ham) nima uchun erkin zarba belgilandi?

❌✅ "Dinamo" - "Andijon" VAZIYATNI KO'RISH

Menimcha, vaziyat ochiqdan-ochiq ko'rinib turgandi, hakam VAR yordamisiz o'zi qaror qabul qilishi kerak edi. “Andijon” himoyachisi to'pni o'tkazib yubordi va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketishi mumkin bo'lgan raqibga zarba berdi. VARning o'rinli aralashuvi va yakunda qizil kartochkaning munosib ravishda ko'rsatilishi ro'y berdi.

❌ "Lokomotiv" - "So'g'diyona" VAZIYATNI KO'RISH

Epizod yordamchi hakam uchun murakkab hisoblanmasdi. Biroq u holatni ofsayd deya baholashga qaror qildi va shu orqali “So'g'diyona”ning golini bekor qildi. Vaholanki, hujumchi “Lokomotiv” himoyachisi bilan bir chiziqda, hatto darvozadan sal uzoqroqda edi ham. Bunday vaziyatlarda ofsayd liniyasi bo'lmaganda, assistent hujum qilayotgan tomon foydasiga qaror qabul qilishi lozim. Qanot hakami xatoga yo'l qo'ydi, gol inobatga olinishi kerak edi.

❌❌ "Lokomotiv" - "So'g'diyona" VAZIYATNI KO'RISH

“Lokomotiv” futbolchisi uchib kelib, havodagi yakkakurashga shiddat bilan kirishdi. Agar bu sariq kartochka emas deb hisoblasak ham (nazarimda, "Lokomotiv" himoyachisi raqibning boshiga andak tirsagi bilan zarba bergan bo'lsa ham), bu albatta og'zaki ogohlantirish hisoblanadi.
Keyin esa “Lokomotiv” himoyachisi jazosiz qolganini his qilgani uchun janjal kelib chiqdi. Hakam vaziyatni nazorat qilmayapti, u tomonidan o'yin yomon boshqarilmoqda.

SHu tariqa Superliganing 12-turida hakamlar 13 ta xatoga yo'l qo'yishdi. Ularning bazilari qo'pol xatolar edi. Masalan, "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvidagi qizil kartochka yoki "Lokomotiv" - "So'g'diyona" uchrashuvida bekor qilingan golni misol keltirishimiz mumkin.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика