Holid Al Fadli O'zbekiston termasining arab mamlakatlaridan qanday farqi borligini aytdi
10 okt 12:48
Yangiliklar
Holid Al Fadli O'zbekiston termasining arab mamlakatlaridan qanday farqi borligini aytdi
O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng (0:2) Kuvayt terma jamoasi himoyachisi Holid Al Fadli (suratda o'rtada – tahr.) Championat.asia saytiga intervyu berdi.
"Bugungi o'yin biz uchun katta imkoniyat edi. Qoniqarli o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Eng yaxshi o'yinlarimiz esa hali oldinda. O'zbekiston — juda kuchli jamoa. Ular bejizga Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmagan. InshaAlloh, keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija ko'rsatamiz.
O'zbekiston terma jamoasining boshqa arab mamlakatlaridan farqi shundaki, bu jamoada jismoniy holat juda yaxshi, tarkib kuchli va tezkor o'yin namoyish etadi. Umid qilamanki, bu jamoa Jahon chempionatida yaxshi natija ko'rsatadi", – dedi 23 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar