Manba: O'zbekiston xalqaro turnirda Misr bilan o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025
"Yallakora" nashri xabariga ko'ra, Fabio Kannavaro qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, BAA mezbonlik qiladigan turnirda O'zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr ishtirok etadi. Har bir terma jamoa ikkita raqibga qarshi o'ynaydi.

Mazkur musobaqa noyabr oyidagi FIFA kunlari (10-18 noyabr) doirasida tashkil etiladi.

Avvalroq O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov milliy jamoa keyingi oy Dubaydagi xalqaro musobaqada qatnashishi mumkinligini ma'lum qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yallakora