So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

Aleksandr Krestinin: "Hech shubhasiz, Qirg'iziston - mening ikkinchi uyim" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Hech shubhasiz, Qirg'iziston - mening ikkinchi uyim"

OFK sayti karantin paytida odamlar zerikib qolmasligi uchun yangi loyihaga qo'l urdi.

Bu loyiha My Asian Home deb nomlanadi va ilk mehmon sifatida Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin tanlandi. 

Malumki, o'tgan yilning qish oyida BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogida Qirg'iziston terma jamoasi barchada ijobiy taassurot qoldirdi. SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin haqida ko'pchilik gapira boshladi. Undan intervyu olishni xohlovchilar ko'paydi. 

Quyida Aleksandr Sergeevich Krestinin futboldagi faoliyatini o'z tilidan hikoya qiladi. 


Boshlanish 

- Men futbol bilan o'zim tug'ilib o'sgan Krasnodarda shug'ullanishni boshlaganman. 7 yoshimda buvim meni futbolga olib borgan. 15 yoshimda esa Rossiya o'smirlar terma jamoasi azosiga aylandim va Evropa chempionati saralash o'yinlarida maydonga tushdim. 

- Birinchi professional shartnomamni ham ancha erta tuzganman. 15 yoshimda Krasnodardagi "Kolos" klubi futbolchisiga aylandim, hali maktabda o'qirdim. SHartnoma tuzganimdan bir oy o'tib Belgiyaning "Bryugge" klubidan taklif tushdi. O'shanda Rossiya terma jamoasida taniqli futbol agenti Konstantin Sarsaniya ham ishlardi, biroq klub meni chetga qo'yib yubormadi. 

- Men katta klublarda o'ynamadim. Buni esa agentlar bilan ishlamaganimda deb bilaman. U paytlari davr boshqacha edi, tanish-bilish katta rol o'ynardi. Umuman men o'rtamiyona futbolchi bo'lganman, tezligim ham yuqori emasdi".

 

2010 yil: Qirg'izistondagi ilk kunlar 

- Qirg'izistonga birinchi kelganimda C licenziyam bor edi. 2009 yil jarohat oldim va buning natijasida olti oy maydonga tushmadim. SHunda vaqtni zoe ketkazmay murabbiylik kursiga qatnay boshladim. 

- 2010 yil Qirg'izistonga aslida futbol o'ynash uchun kelgandim, lekin shunday bo'ldiki, klub rahbariyati futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazishni ham menga ishonib topshirdi. SHunday qilib o'ynovchi-murabbiyga aylandim. 

- Dastlabki taassurotlar qanday bo'lgan? Futbol tomonlama olib qarasak, o'ta salbiy. CHunki futbolga etibor yaxshi emasdi, sharoit ham deyarli bo'lmagan. Oddiy mashg'ulot o'tkazish uchun doim muammoga yo'liqardik. Ovqatlanish va yashash yaxshi emasdi. Vaziyat qiyin edi, lekin rahbariyat bilan fikrimiz bir joydan chiqib ikki oydan so'ng hammasi ijobiy tomonga o'zgara boshladi.


Tajribasizlikdan chempionlik sari 

- "Neftchi"da o'tkazgan yillarim g'alati bo'lgan. Birinchidan, murabbiylik debyutim va birdaniga Premer liga jamoasida. Rahbariyat oldimga hali tajribam nol ekanini ham inobatga olmay chempionlik vazifasini qo'ydi. SHu bois ishlash juda qiziqarli bo'lgan. Murabbiylik sohasida nimalarnidir bilardim-u, lekin baribir amaliyot yo'q edi. 

- O'z ustimda juda ko'p ishlay boshladim. Klubni hamon muammolar bezvota qilar, lekin rahbariyat ham o'z navbatida bir chetda qarab turmasdi. Hammamiz eng shimarib bir maqsad yo'lida ishga kirishdik. Men juda katta tajriba oldim. 

- Ha, "Neftchi" bilan bir qator yaxshi natijalarga erishdik. Dastlabki mavsumda qo'lga kiritilgan chempionlik esa umuman unutilmas bo'ldi. Ikkinchi yil ham chempion bo'lishimiz mumkin edi, biroq bazi voqealar ro'y berib, klub bosh homiysi "Kirgizneftegaz"da rahbariyat o'zgardi. SHundan so'ng pul bilan bog'liq muamolar yuzaga kela boshladi. 

- Yangi rahbariyat klubni mablag' bilan taminlashni to'xtatib qo'ydi. Yakunda oxirgi uch oyni pulsiz o'tkazdik. Kimdir jamoadan ketdi, kimdir qoldi, hech kimni majburan olib qololmasdik. Mavsumni esa 14 kishi bilan tugatib qo'ydik. SHunga qaramay, ikkinchi bo'ldik va chempionat oxirida hamma bilan iliq xayrlashdik.

 


Kutilmagan taklif 

- Mamlakatning bosh jamoasini boshqarish mumkinligi etti uxlab tushingga kirmaydi. Mayli, qaysidir jamoadan taklif tushsa buni mantiqan qabul qilasiz. Men Qirziziston terma jamoasidan taklif kutayotgandim desam hammani aldagan bo'laman. Lekin shunday taklif tushganida uyda o'tirib uzoq o'yladim. 

- Muzokaralar ikki bosqichda olib borildi. Yakunda federaciya bilan bir to'xtamga kelib, hamjihatlikda ishlashga kelishib oldik. Hozir ham ish bir tekis davom etyapti va buning uchun Qirg'iziston futbol federaciyasidan minnatdorman. 

- Qirg'iz futbolidagi muammolar besh qo'ldek ayon desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Ikki yilda futbol ichidagi vaziyatni chuqurroq o'rganib oldim. SHuningdek, futbolchilar bilan yaqindan tanishdim. Qaysi jihatlar ustida ishlash kerakligini bilardim. Vaziyatni yaxshilash uchun barcha viloyatlarda ishni 180 darajaga o'zgartirib yangi tizimni yo'lga qo'ydik. 

- Asosiy muammolar tayyorgarlik rejasi, safar o'yinlariga borish holati, material-texnik baza etishmovchiligida bo'lib, shularni to'g'rilashni yo'lga qo'ydik. Biz har bir detalga jiddiy etibor qarata boshladik. Albatta, birinchi kunlarda futbolchilarni yangi tizimga o'rgatish oson bo'lmadi. 

- Lekin uchta yig'indan so'ng qilgan ishimiz natija bera boshladi. Yani uchinchi yig'indan so'ng biz JCH-2018 saralash bosqichining murakkab o'yinlarini o'tkazdik va Bangladesh, Avstraliya bilan kechgan bahslar to'g'ri yo'lda ekanimizni ko'rsatdi.

 


Ruhiy tayyogarlik va 2019 yildagi sensaciya 

- Biz birinchi navbatda futbolchilarning ruhiy holatini o'zgartirishimiz kerak edi. Men futbolchilarda salohiyatni ko'rdim, ammo ular o'z kuchlariga unchalik ishonishmasdi. SHu bois ishni avvalo ruhiy holatni o'zgartirishdan yo'lga qo'ydik. 

- Biz taktika va jismoniy tayyorgarlik ustida qancha ishlasak, ruhiy tomonlama ham shuncha mehnat qildik. Keyin ko'rdikki, yigitlar o'z kuchlariga ishonib borishyapti. SHundan so'ng umuman boshqacha futbol ko'rsata boshladik. Bu avvalo birinchi navbatda futbolchilarning yutug'i. Hamma o'z ishiga jiddiy qaray boshladi, raqobatbardosh jamoa paydo bo'ldi. 

- Umuman biz har qanday jamoaga qarshi tengma-teng o'ynay olamiz. Bazi jihatlarda hatto ustun bo'lishimiz ham mumkin, balki yakunda yutqazarmiz, lekin hech bir futbolchi maydonga tushib o'zini ko'rsatishdan chekinmaydi. Biz mana shunga erisha oldik. 

- Osiyo Kubogi qita miqyosidagi eng katta musobaqa. Bunday nufuzli turnirda qatnashishning o'ziyoq tarix. Bu sizga fantastik onlarni taqdim etadi. SHu o'rinda musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimizda qulay sharoitlarni yaratib bergan federaciya rahbariyatiga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. 

- O'ylaymanki, o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogida ishtirok etgan Qirg'iziston terma jamoasi ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Guruhdan chiqishni uddaladik. Lekin baribir to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'lganimiz dilni xira qiladi. Ammo katta tajriba to'plaganimizni inkor qila olmayman. Menga mashhur murabbiylarga qarshi jamoani boshqarish yoqdi. Ularni o'zimga raqib deb hisoblay boshladim. Bu esa unutilmas tuyg'ularni beradi.

 


Terma jamoa va "Dordoy" 

- Qirg'izistonda "Dordoy" klubi hamisha milliy terma jamoa bazasi bo'lib kelgan. Asosiy jamoaga eng ko'p futbolchilar mana shu klubdan chaqiriladi. Bu holat menga qadar ham bo'lgan va men "Dordoy"da ishlaganimda ham shunday edi. Umuman bu klub futbolchilari mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynaydi. 

- Albatta, biz boshqa jamoalardagi futbolchilarga ham etibor berganmiz. Lekin chaqirilayotganlar soni unchalik ko'p emas. Faqat eng zo'rlar taklif qilinadi. Ish shunday yo'lga qo'yilganki, "Dordoy"da amalga oshiriladigan ishlar ayni paytda terma jamoada ham qilinadi. Yani ishni parallel ravishda olib boramiz desam bo'ladi. Bu esa o'quv-mashg'ulot yig'inlari paytida ko'p foyda beradi.


Ikkinchi uy 

- Osiyoliklar baribir boshqacha, ular mehmondo'st. Odamlar bayramlarni juda zo'r nishonlaydi, sayr qilishni ham yoqtirishadi. Bu esa meni boshida juda hayron qoldirgandi. Menimcha, mehmondo'stlik va xushmuomala bo'lish har qanday insonga yoqadi. 

- Bu erdagi hayot tarzi Rossiyada bo'lgani kabi emas. Bu erda sokinlik ko'proq, lekin hamma hamma narsaga ulguradi. Bu erdagi hayot menga shoshmaslikni va birorta ish ortidan quvmaslikni o'rgatdi. Qirg'izistonda o'zimni juda qulay his qilaman. 

- Hech ikkilanmay Qirg'iziston - mening ikkinchi uyim deya olaman. Bu erga kelib murabbiylikni boshladim, avvaliga klubda, keyinchalik terma jamoada ishladim. SHu bois ushbu mamlakatdan bir umr qarzdorman. 

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика