"Alaves"ga qarshi bahsda "Real"ning muhim futbolchilaridan biri maydonga tusha olmasligi mumkin
21 sen 2017 12:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/278915_original.jpg)
![](/upload/storage/278915_220.jpg)
"Alaves"ga qarshi bahsda "Real"ning muhim futbolchilaridan biri maydonga tusha olmasligi mumkin
"Real" himoyachisi Marselo 23 sentyabr "Alaves"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 6-tur uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Kecha "Real" Ispaniya chempionatining 5-turida "Betis"ga qarshi bahs o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Marselo ushbu uchrashuvda mushagida og'riq sezgani uchun 72-daqiqada almashtirildi. Bugun, 21 sentyabr kuni braziliyalik tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Real" safida Teo Ernandes, Karim Benzema, Mateo Kovachich va Xesus Valexo jarohat olib, ayni damda uni davolashmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar