Sobiq hakam "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida: "U qo'lini boshqa erga qo'ya olmasdi"
17 sen 13:01
Yangiliklar


Sobiq hakam "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida: "U qo'lini boshqa erga qo'ya olmasdi"
Sobiq hakam Said Ennjimi "Marsel"ga qarshi o'yinda "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida fikr bildirdi.
Madrid klubi Chempionlar ligasining 1-turida g'alaba qozondi (2:1). "Real"ning ikkala goli penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta jarima zarbasini aniq bajardi.
Ikkinchi 11 metrlik jarima to'pi 79-daqiqada Fakundo Medinaning qo'liga to'p tegib ketgani uchun belgilandi, u podkatda Vinisiusdan to'pni olishga uringan edi.
«U [hakam Irfan Pelto] xato qilmaganiga ishonch hosil qilish uchun hushtak chaldi, lekin VAR bu epizodni qaytib ko'radi deb o'ylagandim.
Ha, qo'l tananing maydonini kattalashtirdi, lekin bu tabiiy ravishda – o'yinchi "podkat" tashlaganda yuz berdi. U qo'lini boshqa erga qo'ya olmasdi", – dedi sobiq hakam.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Иккинчи пенальти берилган вазиятда эса,йикилаётган футболчи учун кулининг канака холатдалиги энг охирги масала.