Alan SHirer APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi
14 apr 2020 17:11
Yangiliklar
Alan SHirer APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi
"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi sobiq forvardi Alan SHirer APLning to'xtab qolgan turigacha bo'lgan muddat uchun ramziy jamoa tuzdi.
Qayd etish kerakki, ramziy jamoadan "Liverpul"ning bir yo'la 5 futbolchisi joy olgan.
Darvozabon: Din Xenderson («SHeffild Yunayted»);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkisi ham - «Liverpul»), Jonni Evans («Lester»), Endryu Robertson («Liverpul»);
Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson («Liverpul»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Sadio Mane («Liverpul»);
Hujumchilar: Per-Emerik Obameyang («Arsenal»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Jeymi Vardi («Lester»).
Fikrlar