So’nggi yangiliklar

10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истмадим"  0 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  5 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  16 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2

Akramjon Mamadaliev: "O'zbek klublarida ham skauting tizimi yo'lga qo'yilishi kerak" Yangiliklar

Akramjon Mamadaliev: "O'zbek klublarida ham skauting tizimi yo'lga qo'yilishi kerak"

7-11 dekabr kunlari Turkiyada o'zbek futboli mutaxassislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi.

O'zPFL va Turkiya Klublar birligi hamkorlikda tashkil qilgan seminar doirasida 20 nafar o'zbek klublari vakillari turk futboli infratuzilmasi, “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublarining tijoriy va skauting (o'yinchilar selekciyasi) sohalaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.



“Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti Akramjon Mamadaliev mazkur seminarda olingan yangiliklar xususida o'z fikrlarini bildirdi:

- Turkiyaga qilgan safarimiz barchamiz uchun foydali bo'ldi. U erda Evropa darajasidagi futbol klublari qanday bo'lishini, u klublarda ish qanday tashkil qilinganligini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Men uchun u erda ayniqsa, o'yin uchun oddiy chiqariladigan chiptalar o'rni maxsus kartalarga almashtirilgani, birovni chiptasi/kartasi bilan boshqa odam stadionga kira olmasligi, umuman shu borada yo'lga qo'yilgan tartiblar yangilik bo'ldi. Bu tizim muxlislarning xavfsizligi va stadionga kirganda muammolarga duch kelmasiligiga sharoit yaratadi. Muxlis uyida o'tirgan holda o'yinga chipta olib, o'zi hohlagan vaqtda bemalol borib o'z joyini egallaydi. Ushbu muxlis kartasida stadionga kirgan har bir muxlisning personal malumotlari joylashgan bo'ladi. Yana bir qulayligi mazkur kartani ko'chadagi do'konlardan savdo qilishda, umuman hamma joyda ishlatish mumkinligi ham juda ajoyib. Bizda ham chiptalar savdosi elektron tarzda tashkil etilsa, muxlislar to'g'risida malumotlar bazasi shakllantirib borilsa, yaxshi bo'lardi.

Yana bir  jihat shundan iboratki, turk klublarida yo'lga qo'yilgan skauting tizimi menga juda yoqdi. Bizning klublarda ham video roligini ko'rib chetdan futbolchi olishni o'zi bilangina cheklanmasdan, jamoaga taklif qilinadigan har bir futbolchi bilan alohida shug'ullanadigan klub skauting tizimi tashkil qilinsa jamoalarimizga ancha foydali bo'ladi, deb o'ylayman. Klubda chin manodagi  skautlar faoliyat yuritishi – mavsum davomida ham tarkibdagi futbolchilarning o'yini statistik tahlili shakllantirib borilishi, qaysi futbolchi mavsumni qanday barqarorlikda o'tkaza olgani bo'yicha malumotlar ombori yaratilishi, asosiysi – klubga taklif etiladigan o'yinchilarni kuzatish ancha oldindan boshlanishiga olib keladi, - dedi Akramjon Mamadaliev.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика