So’nggi yangiliklar

00:06"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  0 23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  3 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  11 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4

AGMK chempionlik poygasiga dosh berolmadi, "Nasaf" va "Navbahor" bugungi chempionlik bosimi ostidagi o'yinga tayyormi? Yangiliklar

AGMK chempionlik poygasiga dosh berolmadi, "Nasaf" va "Navbahor" bugungi chempionlik bosimi ostidagi o'yinga tayyormi?

Teglar :  NasafNavbahorAGMK
Jo'jani kuzda sanaydigan AGMK jamoasi kuz fasliga kelib Superligada chempionlik poygasidan tushib qoldi. Lekin bu chempionatda chempionlik intrigasi tushib ketganidan darak emas.

To'g'ri, ayni paytda "Paxtakor" 38 ochko jamg'argan holda peshqadamlikda dadil odimlashni boshladi. Lekin bugun Qarshi va Namangandagi o'yinlar chempionlik poygasida "Paxtakor"ning quvuvchilarining imkoniyatini chamalab beradi. Biz esa ananamizga sodiq qolgan holda saytimizda tahlilchi sifatida chiqish qilayotgan sobiq futbolchi, Mundial tahallusi ostidagi mutaxassisga so'z beramiz:

"Olmaliqdagi kichik finalda qayd etilgan natija Superligadagi chempionlik intrigasiga baribir o'z tasirini ko'rsatadi. Olmaliq jamoasining ehtimoliy g'alabasi intrigani yanada kuchaytirib, jadvalda zich joylashuvni taminlashi mumkin edi. O'yin taraflama AGMK yaxshi kurash taklif qildi. "Paxtakor" esa o'yin taraflama birinchi bo'limdagi mag'lubiyatini ikkinchi taymda ikkita o'zgarish orqali butun g'alabaga aylantirdi. SHackix yaxshi murabbiy qilishi kerak bo'lgan o'zgarishni o'yin borishiga qarab bajara olgani, bu o'zbek futbolida yaxshi mutaxassis etishib chiqayotganidan darak. Mirjalol Qosimov esa jamoada olib borayotgan selekciya ishlarini qayta ko'rib chiqishi, legionerlar tanlashda esa Papava va Haqnazariy singari futbolchilarni jalb qilishi kerak. Bu ikki futbolchini diqqat bilan kuzatgan holda shuni aytishim mumkinki, bu ikkisi Superligada hali uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashi mumkin. Qolgan legionerlari esa o'zbek futboli darajasida yuqori maqsadni ko'zlagan jamoa uchun xos emas. Har bir chiziqni qayta ko'rib chiqish kerak. Ayniqsa hujum chizig'i tamirtalab. AGMKda murabbiy g'oyasi, jismoniy holat va taktik ishlanmalar joyida. Qosimov qo'l ostidagi futbolchilarning aksariyati o'rta darajadagi ijrochilar. Aynan shu jihat ketma-ket muhim o'yinlarda pand bermoqda. Olmaliqdagi natija o'yinga mos bo'lmadi. Lekin "Paxtakor" murabbiyning topqirligi tufayli yutganini ham inkor etib bo'lmaydi. CHunki "Paxtakor" g'alabaga noloyiq edi, deyish ham nohaqlik bo'ladi. Qizig'i shundaki, AGMK ham mag'lubiyatga noloyiq edi. Bunday o'yinlarda daraja ko'p narsani hal qiladi va amalda shunday bo'ldi.




Qizig'i, "Paxtakor"ning g'alabasi bugungi o'yinlarda "Nasaf" va "Navbahor"ga qo'shimcha bosim beradi. Endi ular nafaqat peshqadamga aylanishni, balki peshqadam bo'lgan "Paxtakor"ni yuqoriga qo'yib yubormaslikni ham o'ylashga majbur. O'ylashimcha, "Navbahor" va "Nasaf"ni bugungi o'yinlarda xato qilishga haqlari yo'q. Aks holda bu xato butun mavsum uchun qimmatga tushishi mumkin. CHunki "Navbahor" va "Nasaf" birgina xato evaziga chempionlik masalasini butkul "Paxtakor" qo'liga topshirishi mumkin. Bundan tashqari "Nasaf" 7 o'yindan buyon yutqazmayotgan Fayzievning "Qo'qon-1912" jamoasining ojiz nuqtasini qidirishi kerak. "Navbahor" esa yana bir chempionlikdan umidi bor va etakchilar orasida ortiqcha shovqinsiz ketayotgan "Qizilqum"ni engishi zarur. Nihoyatda qiyin vazifa. Bugungi o'yinlarda aslida "Navbahor" va "Nasaf" chempionat yakuniga qadar chempionlik poygasida qatnashishga qodirmi yoki yo'q, bu savolga ham javob topib beradi.

Babayan bunday o'yinlarni qanday yutishni, g'alaba uchun bor imkoniyatlarini qanday ishga solishni, bosimga dosh berishni hammadan ko'ra yaxshiroq uddalaydi. Berdiev esa bundan bosimga ko'nikmagan, "Nasaf" bunday katta o'yinlarda asosan o'ziga o'xshamay qoladi. Bu jamoaning ruhiyati bilan bog'liq muammo.



OKMK

Superliga. 18-tur

15/09/2022, 19:00

2
:
0
Tugadi

Paxtakor

Xozhiakbar Alizhonov - 54', Dragan CHeran - 85'

45'
90'
46'  Mirzhahon Mirahmadov (Martin Boake)
66'  Abdulla Abdullaev
73'  Akrom Komilov (Shohruh Gadoyev)
73'  Abdulla Abdullaev (Dan Spataru)
82'  Xurshid G’iyosov (Alisher Jalilov)
87'  Sanjar Tursunov (Mirjamol Qosimov)
46'  Dostonbek Hamdamov (Oleksandr Nasonov)
46'  Ilya Martinovich (Sherzod A’zamov)
52'  Xozhiakbar Alizhonov
54'  Xozhiakbar Alizhonov
68'  Azizbek Turg’unboyev (Abbosbek Fayzullayev)
83'  Sanjar Quvvatov
85'  Dragan CHeran
89'  Farrux Sayfiev
90'  Dragan CHeran (Diyor Xolmatov)


Mundial ismli sobiq futbolchi

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика