"Nasaf" Turkiyada Moldova klubiga mag'lub bo'ldi
20 fev 2025 20:01
Yangiliklar
"Nasaf" Turkiyada Moldova klubiga mag'lub bo'ldi
Antaliya shahridagi 8-o'rtoqlik uchrashuvida "ajdarlar" Moldovaning "Balti" klubiga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli o'tgan bahsda raqib zafar quchdi. Dastlab hisobni ochgan "Nasaf", tanaffusgacha ikkita to'p o'tkazib yubordi.
Etiborlisi, birinchi bo'lim oxirida Javohir Sidiqovning o'n bir metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasidan keyin raqib darvozaboni to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Takidlab o'tamiz, "Balti" jamoasi o'tgan mavsum Moldova Superligasida 5-o'rinni egallagan.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini
"Nasaf" 1:2 "Balti" (Moldova)
Gollar: Sharof Muhitdinov 1:0 (5'), Obekop 1:1 (38'), Martins 1:2 (41' pen)
Gol urilmagan penalti: Javohir Sidiqov 45'
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 30.Suhrob Nurulloev, 33.Bahodir Halilov, 79.Azizjon Ahrorov, 99.Rubin Hebay.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Oleksandr Vorobey, Husayn Norchaev, Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy, Sardor Bahromov, Diyorbek Asomiddinov, Davronebk Usmonov, Dilshod Murtazaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar