So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  12 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  28 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  2 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  6 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

Abror Pirriev: "CHempionatni yana to'xtatib qo'yish muammoga echim bo'lmaydi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "CHempionatni yana to'xtatib qo'yish muammoga echim bo'lmaydi"

Virus allaqachon oramizda. Bunga umuman shubha qolmadi.

Koronavirus pademiyasi yanada avj olishi sabab davlatimiz ikkinchi bor qatiy karantin belgilashga majbur bo'ldi. O'ylaymizki, hozirgi holatda har bir fuqaro vaziyatni to'liq his qilib turibdi. 

Oxirgi paytlarda futbolga aloqador ko'p gap-so'zlar yangray boshladi. Aksar klublarda koronavirusga chalinish holatlari paydo bo'lgach, vahima yanayam ko'tarildi. Superliga o'yinlari buyog'iga davom etadimi yoki yana to'xtatiladimi? Hozirda ko'pchilik shu savolni beryapti va har bir kim o'zicha javob izlayapti. 

SHu o'rinda biz mavzu bilan bog'liq bazi savollarga javob olish maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriev bilan bog'landik. O'ylaymizki, hozirgi vaziyatda shifokorlar tomonidan aytiladigan gap muhim o'rin tutadi.    


- Abror aka, oxirgi paytlarda koronavirus bilan bog'liq holatlar yanada kuchaydi, vahima kundan kun ortyapti. Virusga chalinish futbolga ham kirib keldi va hozirgi kunda bazi jamoalarda shu holat kuzatilmoqda. Buning natijasida esa birlamchi savol yuzaga kelyapti: hozirgi vaziyatda Superligani yana to'xtatib turgan maqulmi yoki davom ettirish kerakmi? SHifokor sifatida siz nima deya olasiz?

- Pandemiya kuchaygan paytda koronavirusga chalinish holati futbolni ham chetlab o'tmadi va bizdagi jamoalarda ham kasallikka chalinish holati uchradi. Pandemiya davrida hech kim virusga chalinmaslikdan sug'urtalangan emas va bu gap futbol klublariga ham tegishli. Mana Evropada ham bir qancha futbolchilar koronavirusga chalinganini o'qidik. 

SHunday holatlar bo'lganki, oddiy gripp mavsumida ham bizning jamoalarda ko'pchilik kasal bo'lgan va o'yin kuni uch-to'rt nafar futbolchining maydonga tusha olmagani oddiy hol sifatida qarab kelingan. Endi savol tug'iladi: nima uchun hozir vahima? Vahima shundaki, umumiy pandemiya paytida odamlar faqat shu haqda gapiraverib, Ommaviy axborot vositalari tinmay shu haqda xabar beraverib bu narsa odamlarga vahimali ko'rinib qoldi. Hozir vaziyat shundayki, hatto oddiy shamollash, tomoq og'rig'i va boshqa kasallikka uchrab ham qo'rqadigan bo'lib qoldik.

Lekin xalqimizda bir chiroyli maqol bor: qo'rqqanga qo'sh ko'rinar. Agar biz vahima qilishda davom etsak, buning oxiri yaxshi bo'lmaydi. SHu o'rinda qiladigan ishimiz nimalardan iborat? Birinchidan, vahimaga berilmaslik. Ikkinchidan, profilaktikaga qatiy rioya qilish, yani karantin qoidalariga to'liq amal qilishni davom ettirgan maqul deb o'ylayman. 


- Demak, chempionatni to'xtatmagan maqul, shundaymi? 

- Ha, mening fikrimcha to'xtatmaslik kerak. Nima uchun? Biz bu kasallikdan yashirinib qutula olmaymiz. Futbol hamma joyi yopiq inshootda o'ynaladigan o'yin emas. Keng va ochiq maydonda o'ynaladigan sport turi. Qolaversa muxlislar kiritilmayapti va maydonda faqat ikki jamoa azolari bilan uchrashuv rasmiylari bo'lyapti. Stadionga borganda dezinfekciya yo'lagi qilinyapti, jamoa azolari harorati o'lchanmoqda va karantin qoidalariga amal qilinyapti. Maydonga chiqqanda ham hech kim bir-biri bilan quchoqlashib ko'rishmayapti. 

Hozir futbolchilarni erkin qo'ysak, ular maydondan ko'ra maydon tashaqarisida ko'proq begona kishilar bilan muloqotda bo'ladi. Yana bir jihati, har bir jamoa hozirgi kunda bitta oilaga aylanib bo'lgan. SHu bois ham jamoa deymiz. Yani jamoa ichida hamma bir-birini yaxshi biladi va bir-birining holatini yaxshiroq tushunadi. Bu erda gap professional futbolchilar haqida boryapti. SHundan kelib chiqib futbol o'yinlarini xoh to'tatsak, xoh to'xtatmasak virus tarqalib boraveradi. Aytganimdek, biz bu balodan bekinib qutula olmaymiz. 

Bu o'rinda yana bir masala bor. Bizdan OFKdagilar ham vaziyatni o'rganish uchun bazi savollar bilan murojaat qilib turishibdi va OFK to'xtab qolgan jahon chempionati saralash bahslarining yangi taqvimini elon qilgan. Unga ko'ra, oktyabr va noyabrda navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Biz xohlaymizmi-yo'qmi bu paytga kelib xalqaro o'yinlar boshlanadi, chunki bahslarni yakuniga etkazib qo'yish lozim. Agar hech bo'lmasa Superligani ushlab qola olmasak, ertaga terma jamoa kim bilan o'ynaydi. Futbolchilarning jismoniy holati yana tushib ketadi. 

To'g'ri, sog'lik birinchi o'rinda, gap bo'lishi mumkin emas, lekin hammani izolyaciyaga olish bilan virus tarqalishi batamom to'xtaganida edi, men bunga darrov ko'ngan bo'lardim. Ammo butun umr virusdan berkinib yurishning va izolyaciya qilishning iloji yo'q. SHunday ekan, profiliktika choralarini yanada kuchaytirib, faqat kasal bo'lganlarnigina izolyaciya qilish orqali chempionatni davom ettirsa bo'ladi. 


- Superliga davom etadi ham deylik, lekin murabbiylardan biri mening jamoamda uchta (to'rtta, beshta) kasal bor. Biz o'ynay olmaymiz deyishi mumkin. Bunday holatda nima qilgan maqul? 

- Ha, shunday deyishlari mumkin, lekin bu o'rinda ham vaziyatdan chiqsa bo'ladi. Aytaylik, asosiy jamoada licenziyadan o'tgan futbolchilarning uchdan bir qismi (masalan, kamida 7-8 nafar futbolchi)da kasallik aniqlansa, klub PFLga yozma murojaat qilib o'z o'yinini qoldirishi mumkin. Faqat shuni alohida belgilab qo'yish kerak bo'ladi. Boshqa sharoitda  o'yinlar davom etaveradi. 


- Sizningcha, chempionatni qay tartibda davom ettirgan maqul? Hozirgacha bo'lib kelgan uy-mehmon tarzidami yoki markazlashgan tartibdami?

- Albatta, imkoniyat bo'lsa, uy-mehmon tarzida davom ettirish yaxshi bo'lardi. Lekin bugungi kunda chempionatni markazlashgan holda o'tkazishga vaziyatning o'zi taqozo qilmoqda. Faqat bu o'rinda PFL klublar rayiga qaramasdan keskin choralarni qabul qilishi kerak. Negaki uy-mehmon tarzida o'tkazish uchun avvalo safarga borishda transport xizmati kerak bo'ladi, borgandan keyin mehmonxona, ovqatlanish degandek. Mehmonxonalar qabul qiladimi-yo'qmi, bu ham bir muammo. SHundan kelib chiqib hozirgi sharoitda markazlashgan tartibda o'tkazgan maqul. Qachonki vaziyat o'nglanib hammasi joy-joyiga tushsa jamoalar yana uy-mehmon tarzida o'ynayveradi.


- Faraz qilamiz, yana o'yinlar to'xtatildi, bu nimadir foyda beradimi?

- Bu borada shuni aytishim mumkin, hozir yozning ayni chillasida foyda bermagan tadbirlar agar bironta vakcina chiqib qolmasa kuzga borib yordam berishiga ishonmayman. Nima uchun? CHunki virusologiyaning qonuni bor: ixtiyoriy dori yoki har qanday kuchli dezinfekcion vosita o'ldira olmagan virus yoki mikrobni tik quyosh nuri o'ldiradi. Bu virusologiyaning oltin qoidasi. Hozir tabiat biz tomonda, havo juda issiq, quyosh ham nurlarini tik sochyapti. SHunday paytda ahvol yaxshilanmasa, ertaga salqin kuzga borib ancha yaxshilanadi deb kim ayta oladi? Bunga ishonish qiyin. SHu bois o'yinlarni hozircha qoldirib tursak, sentyabrga borib vaziyat yaxshilanishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Agar biz yana to'xtatib qo'ysak, shu bilan futbol yil oxirigacha to'liq bekor bo'lib ketish ehtimoli katta. 


- Demak, hozirgi sharoitda baribir o'ynab turgan maqul? 

- SHunday. CHunki baribir ertaga nima bo'lishi bilinadi. Agar biz hamma joyda futbolni to'xtatib, shu bilan futbolchilardan va boshqalardan xavfni olib tashlaymiz degan gap yuz foiz to'g'ri bo'lganida edi, unda qoldirsa bo'lardi. Lekin hozirgi sharoitda faqat uy va mashg'ulot tartibiga amal qilayotgan futbolchi uchun o'ylaymanki, muntazam shug'ullanish har bir futbolchiga jismoniy va ruhiy tomondan faqat ko'mak beradi. 

Risk har doim bor, buni yo'qotish mushkul. CHunki hammamiz baribir odamlar orasiga kiramiz, bozor, do'konlarga chiqamiz. Lekin karantin qoidalariga to'liq amal qilibgina riskni kamaytirish mumkin. 

SHu o'rinda yana bir narsani aytib ketay: uydan to'g'ri mashg'ulotga kelib ochiq maydonda shug'ullanadigan futbolchining holati faqat uyda o'tirib zarur paytda do'konga yoki ko'chaga chiqadigan futbolchi holatidan yaxshiroq bo'ladi. Bu o'rinda yana bir asosiy omil shuki, har bir inson o'zini to'liq anglagan holda karantin qoidalariga muntazam amal qilib yurishi shart. 

Virus qachon ko'payadi, qachonki tegishli qoidalarga amal qilmasak. Bu o'rinda futbol uchrashuvlari davom etayotganining ahamiyati yo'q. Hozirda ko'pchilik klublarning o'z bazasi bor va futbolchilar shu bazada istiqomat qilyapti. CHempionat davom etsayam, etmasa ham hamma o'z bazasida yashayveradi. SHundan kelib chiqib jamoa azolarini imkon qadar o'z oilasi bilan uchrashtirmasdan futbolni davom ettirgan maqul. Qaytanga biz shifokorlar chempionat to'xtab hammani uy-uyiga qo'yib yuborsak, nazoratni izdan chiqaramiz. CHunki futbolchi uyiga ketganidan keyin kimlar bilan ko'rishgani, qaerga borganini bilmay qolamiz. SHu bois jamoaning barcha azolarini bir joyga "qamab" Superligani davom ettiraverish kerak deb o'ylayman.

X.Xoliqov suhbatlashdi. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика