Abbos G'ulomov: "Futbol to'xtasa, hayot to'xtab qolgandek bo'lar ekan"
14 apr 2020 14:54
Yangiliklar
Abbos G'ulomov: "Futbol to'xtasa, hayot to'xtab qolgandek bo'lar ekan"
"Navbahor"ning yosh, iqtidorli futbolchilaridan biri Abbos G'ulomov karantin davrini uyda qanday o'tkazayotganligi haqida gapirdi.
"Karantinni barcha qatori men ham oilam bilan birga o'tkazyapman. Murabbiylarimiz sport formasini yuqori darajada ushlab turish uchun kerakli tavsiyalar berishgan. Aynan ushbu tavsiyalar asosida yakka tartibda shug'ullanyapman. Albatta, yakka tartibdagi mashg'ulotning jamoaviy mashg'ulotdan farqi bo'ladi. SHunga qaramasdan, imkon qadar sport formamni yuqori darajada saqlab qolishga harakat qilyapman.
To'g'risi, futbolni juda sog'indim. Futbol to'xtasa, hayot to'xtab qolgandek bo'lar ekan. Namangandagi ajoyib futbol atmosferasini barcha yaxshi biladi. O'ylaymanki, karantin qoidalariga qatiy rioya qilsak, tezroq yana o'sha atmosferani ko'rishimiz mumkin bo'ladi”, – dedi G'ulomov.
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 6
Fikrlar