Aaron Remsi: “Biz “Manchester Yunayted”dan qo'rqmaymiz”
08 noy 2013 10:33
Yangiliklar


Aaron Remsi: “Biz “Manchester Yunayted”dan qo'rqmaymiz”
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remsi, “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yin arafasida jamoasining tayyorgarligi xususida fikr bildirib o'tdi.
- Biz Dortmunddagi g'alabadan so'ng katta kuch to'pladik. “Borussiya” ustidan qozonilgan g'alaba “Yunayted”ga qarshi o'yinda ijobiy ruhda maydonga tushishimizga yordam beradi. Ular mavsumni yomon boshlashdi, biroq jamoa ayni paytda ishonchli o'yin namoyish etayapti. Ammo biz ulardan qo'rqmaymiz, - Remsining so'zlarini keltiradi The Mirror.

Fikrlar