So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

10ta o'yinga chetlatilgan Tolibjonov bir oydan keyin oliy ligada ishlashi mumkin Yangiliklar

10ta o'yinga chetlatilgan Tolibjonov bir oydan keyin oliy ligada ishlashi mumkin

Bugun O'FF FIFA hakami Olim Tolibjonovni 10ta o'yinga chetlatgani haqida xabar chiqdi.


Ushbu xabarda quyidagi jumla bor:

"Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O'zbekiston CHempionati, Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi o'yinlari doirasidagi 10 ta o'yinga chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi".

Demak Tolibjonov oliy liga, birinchi liga va kubok doirasidagi 10ta o'yinga chetlatildi. Yani ushbu hakam oldinda turgan 10ta o'yin kunlarini o'tkazib yuboradi.

Oldindagi 10ta o'yin kuni bilan tanishing:

1. 27 sentyabr - Birinchi ligada 28-tur
2. 30 sentyabr - Oliy ligada 23-tur
3. 3 oktyabr - Birinchi ligada 29-tur
4. 6 oktyabr - Birinchi ligada 30-tur va 6-7 oktyabr - O'zbekiston kubogi yarim final javob bahslari
5. 12 oktyabr - Birinchi ligada 31-tur
6. 13-14 oktyabr - Oliy ligada 24-tur
7. 15 oktyabr - Birinchi ligada 32-tur
8. 20-21 oktyabr - Oliy ligada 25-tur
9. 21 oktyabr - Birinchi ligada 33-tur
10. 25-27 oktyabr - Oliy ligada 26-tur

Olim Tolibjonov yuqoridagi 10ta o'yin kunida ishlay olmaydi va 29 oktyabr kuni bo'lib o'tuvchi birinchi liganing 35-turidan boshlab yana tayinlanuv olish huquqiga ega bo'ladi.


Tolibjonov futboldan malum muddatga chetlatildi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика