So’nggi yangiliklar

23:58Шквирин "Андижон"да  0 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  7 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  3 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  12 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  13 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7

Osiyo Kubogi-2019. Akramjon Mamadalievdan SHarja kundaligi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Akramjon Mamadalievdan SHarja kundaligi

Bugun erta tongda Toshkent - Dubay yo'nalishi orqali uchgan samolyotimiz bizni eson-omon manzilga etkazib qo'ydi.

 Dubayning issiqqina ob-havosi sovuq ob-havo hukm surib turgan yurtdan kelgan odamni darrov kayfiyatiga ijobiy tasir o'tkazar ekan.

Aeroportdagi rasmiyatchiliklardan so'ng, birinchi navbatda Dubaydagi "Al-Maktum" stadioniga borib media –markazdan akkredataciyamni oldim. SHu joyda 2016 yilda  Qatarda o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yodimga tushdi. Qatarda tashkilotchilar har bir OAV xodimiga akkredataciyaga qo'shib o'ziga xos sovg'alarni taqdim qilgan edi. BAAda esa ortiqcha mulozamatsiz hujjatimizni taqdim qilishdi.



Dubaydan SHarja shahriga kelar ekanmiz, atrofga nazar solib keldim. Har ikki shaharda Osiyo chempionati bo'lib o'tayotgani unchalik ham sezilmadi. Faqat stadionlar atrofi juda chiroyli qilib bezatilgan xolos. Dubaydagi "Al-Maktum" hamda SHarjadagi "SHarja" stadionlari turli xil bannerlar hamda gullar bilan bezatilganligini aytmasam, BAA davlati Osiyo Kubogi havosi bilan yashamayotgandek.

3-4 marta taksiga chiqishimizga to'g'ri keldi. Ayrim taksi haydovchilari ham ayni kunlarda qanday musobaka bo'layotganini bilmaganlari bizni xayron koldirdi. Ayniqsa bizni Dubay aeroportidan kutib olib SHarja shahriga olib kelgan vatandoshimiz Abdulaziz ismli yigitning shunday yirik turnirdan bexabarligi qiziq tuyuldi. Bu ham etmagandek ukamiz "bu erda O'zbekiston ham o'ynaydimi?" degan savoli bilan bizni yanayam hayron qoldirdi. Balki tirikchilik sabab etibor bermagandir, yoki futbolga umuman qiziqmaydigan insonlar ham bo'ladiku deb o'zimizni yupatib qo'ya qoldik.



Mehmonxonaga joylashgach O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulotlarini kuzatishga oshiqdik. SHu joyida terma jamoamiz mashg'ulot o'tkazayotgan stadionni topishda biroz qiynaldik. "Al-SHaab" klubining eski stadioni yonida joylashgan mashg'ulotlar maydonini topib borganimizda, mashg'ulotlarning OAV uchun ochiq bo'lgan dastlabki 15 daqiqasi yakuniga etib bo'lgan ekan. Mezbonlar bizni har kancha iltimos qilmaylik ichkariga kirgizishmadi. BAA davlati terma jamoalarni juda qattiq tarzda qo'riqlayotganiga guvoh bo'ldik. Biz O'zbekistondan ekanligimizni, suratga olmasdan bir chekkada tomosha qilamiz deb har qancha yalinmaylik, mezbon policiyachilarga so'zimiz o'tmadi. Xatto terma jamoamiz avtobusini suratga olishni ham mumkin emas deb turib olishdi. Lekin biz taslim bo'lmadik va bir-ikkita surat olishga muvaffaq bo'ldik. Uzoqdan, qiynalib bo'lsa ham futbolchi va murabbiylarimizni astoydil ter to'kayotganlarini biroz tomosha qildik.

Endi ertaga jamoamiz futbolchilari Ummonga qarshi o'yin bo'ladigan "SHarja" stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Bu safar vaqtlirok borib barchasiga ulguramiz.



Ha, SHarjada biz duch kelgan yana bir muammo telefonga sim karta olish bo'ldi. Xorijlik fuqarolarga har erda ham sim karta sotishmas ekan. Sim karta olish uchun kattagina supermarketga borishga to'g'ri keldi. U erda pasportimiz hamda vizalarimizdan nusxa olib yarim soat deganda sim karta berishdi. Balkim Dubayda bu ish birmuncha osonroqdir.

Mayli bizga asosiysi terma jamoamizning g'alabasi. Birinchi o'yindagi g'alabani o'ziyoq barcha muammolarimizni esdan chiqarishimizga etarli bo'ladi. Olg'a O'zbekiston!!!


Akramjon Mamadaliev SHarja shahridan mahsus

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика