So’nggi yangiliklar

13:17ПСЖ футболчиси оғир жароҳат олди  0 12:54Хайрулла Ҳамидов: "Қизил бермаслик учун ҳакамларда ҳеч қанақа талқин йўқ эди"  5 12:25Отабек Жўраев: "Кубок финалига чет эллик ҳакамларни таклиф қилиш керак эди. Масалан, Италиядан. Дон Фабио ёрдам берган бўларди деб ўйлайман"  4 11:50Суперлиганинг 26-тур ўйинларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 11:35Абдуқодир Ҳусанов кечаги ўйиндаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  2 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  11 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  3 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  5 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  18 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   11 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  3 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  11 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  11

Kotrina Kulbite: "Nima bo'lganda ham biz yo'llanmani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Kotrina Kulbite: "Nima bo'lganda ham biz yo'llanmani qo'lga kiritdik"

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Nepalga qarshi uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni juda yaxshi boshladik va o'z o'yinimizni namoyish etayotgandik. Keyin esa qizil kartochka oldik. Chetlatishdan so'ng biz uchun o'yin tugadi desak bo'ladi. Jamoam o'yinidan qoniqmadim, to'g'risi. So'nggi vaqt ichida biz namoyish etgan eng yomon ikkinchi taym bo'ldi. Nima bo'lganda ham biz yo'llanmani qo'lga kiritdik. Bu ayollar futboli uchun katta natija" - deya fikr bildirdi Kotrina Kulbite uchrashuvdan so'ng.

- Osiyo chempionatiga bir yildan kamroq vaqt qolmoqda. Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish qachondan boshlanadi? Mintaqadagi eng yirik musobaqaga qanday qilib to'g'ri tayyorgarlik ko'rmoqchisizlar?

- Bu haqda rahbariyat bilan gaplashdik. Bugun esa, tarixiy natijani nishonlashimiz kerak. Hissiyotlarga boy kun bo'ldi. Mart oyiga qadar rasmiy va norasmiy yig'inlar o'tkazamiz. O'rtoqlik uchrashuvlarida va kichik musobaqalarda ishtirok etamiz. Mahalliy liga noyabr oyida yakunlanadi. Shu sabab, mart oyiga qadar to'g'ri reja tuzib chiqishimiz talab etiladi. O'FA bizga etarlicha imkoniyatlar taqdim etadi degan umiddaman.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика