So’nggi yangiliklar

16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  0 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  2 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  5 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  7 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11

Millatlar ligasi deyarli yakunlandi. G'olib va mag'lublar haqida batafsil Yangiliklar

Millatlar ligasi deyarli yakunlandi. G'olib va mag'lublar haqida batafsil

Teglar :  Millatlar ligasi
UEFA Evropa terma jamoalari uchun maxsus turnir yaratdi, ammo bu g'oya hammaga ham yoqqani yo'q.

Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov UEFAning bu qarorini maqullamadi. Uning aytishicha, Millatlar ligasi maqsadsiz turnir ekan. Ushbu musobaqada hafsalasiz ishtirok etgan nemislar ushbu turnirning keyingi mavsumida o'zidan kuchsizroq terma jamoalar bilan o'ynashga majbur bo'ladi, chunki joriy mavsum jamoa guruhda so'nggi o'rinni egalladi va B ligaga ravona bo'ldi. Bugun deyarli yakuniga etgan Millatlar ligasining guruh bosqich natijalarini etiboringizga havola qilamiz.

A LIGASI

1-guruh

Gollandiya terma jamoasi Franciya bilan o'zaro o'yin natijasiga ko'ra guruhda birinchi o'rinni egalladi va turnir yarim finaliga chiqdi. Germaniya esa B ligaga tushib ketdi.


2-guruh

Kutilmaganda SHveycariya ushbu trio g'olibiga aylandi. Bir ochko ham olmagan Islandiya B ligaga yo'l oldi.


3-guruh


4-guruh


A ligadagi guruh g'oliblari (Angliya, Portugaliya, SHveycariya, Gollandiya) Millatlar ligasi yarim finaliga yo'l olishdi. So'nggi o'rinlar esa (Xorvatiya, Polsha, Islandiya, Germaniya) bir pog'ona pastdagi B ligaga tushib ketdi.Eslatib o'tamiz, yarim final o'yinlari 2019 yilning 5-6 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Final 9 iyunda o'tkaziladi.


B LIGASI

1-guruh


2-guruh


3-guruh


4-guruh


Daniya, Bosniya va Gercegovina, SHveciya va Ukraina A ligaga yo'l oldi. B, C, D ligalarda yarim final o'yinlari bo'lmaydi. Irlandiya, SHimoliy Irlandiya, Turkiya va Slovakiya C ligaga tushib ketishdi.


C LIGASI

1-guruh


2-guruh


3-guruh


4-guruh

B ligaga chiqqan jamoalar: Serbiya, Norvegiya, Finlyandiya, SHotlandiya. D ligaga tushib ketgan jamoalar: Litva, Sloveniya, Estoniya, Albaniya.


D LIGASI

1-guruh


2-guruh


3-guruh


4-guruh


Ushbu ligada so'nggi o'rinni olgan jamoalar hech qaerga tushib ketmaydi. G'oliblar (Makedoniya, Kosovo, Belarus, Gruziya) D liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


YARIM FINAL

Millatlar ligasi yarim final juftliklarini aniqlash uchun qura tashlanadi. 2018 yilning 3 dekabr kuni SHimoliy Irlandiya poytaxti Dublin shahrida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Yarim final o'yinlari Portugaliyada bo'lib o'tadi.

5 iyun. Birinchi yarim final

6 iyun. Ikkinchi yarim final


Final

Final va uchinchi o'rin uchun bahsga ham Portugaliya mezbonlik qiladi. 

9 iyun. Uchinchi o'rin uchun bahs

9 iyun. Final


Pul mukofotlari

Turnirdagi ishtiroki uchun har bir terma jamoaga quyidagi mablag'lar to'lab beriladi

A liga jamoalari: 2,25 mln. evro

B liga jamoalari: 1,5 mln. evro

C liga jamoalari: 1,125 mln. evro

D liga jamoalari: 750 ming evro


Bundan tashqari har bir guruh g'olibiga alohida pul mukofotlari mavjud

A liga guruhi g'oliblari: 2,25 mln. evro

B liga guruhi g'oliblari: 1,5 mln. evro

C liga guruhi g'oliblari: 1,125 mln. evro

D liga guruhi g'oliblari: 750 ming evro


SHu bilan birga turnir g'olibi va sovrindorlar uchun pul mukofotlari belgilab qo'yilgan

Millatlar ligasi g'olibiga: 6 mln. evro

Ikkinchi o'rin egasiga: 4,5 mln. evro

Uchinchi o'rin egasiga: 3,5 mln. evro

To'rtinchi o'rin egasiga: 2,5 mln. evro

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика