Yamal: "Dembele ajoyib futbolchi, ammo Millatlar Ligasi finaliga Ispaniya chiqdi"
06 iyu 12:04
Yangiliklar


Yamal: "Dembele ajoyib futbolchi, ammo Millatlar Ligasi finaliga Ispaniya chiqdi"
Ispaniya terma jamoasi forvardi Lamin Yamal Millatlar ligasi finaliga chiqish haqida gapirdi.
Ispanlar Franciyani 5:4 hisobida mag'lub etdi. Futbolchi "Oltin to'p"ni olishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi.
"Onamga har doim "Oltin to'p" haqidagi fikr meni ertalab turib, maydonga tushishga undashini aytaman. Lekin asosiysi - gapirish emas, o'yin ko'rsatish. Dembelega kelsak - u ajoyib futbolchi, ammo finalga Ispaniya yo'l oldi", - dedi Yamal.
Yamal Franciyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. U Usmon Dembele bilan bir qatorda nufuzli individual mukofotga davogarlardan biri hisoblanadi. 2024 yilda "Oltin to'p" ispaniyalik Rodriga nasib etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar