So’nggi yangiliklar

19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  3 19:00"Қизилқум" — "Машъал" 0:0 (Матнли транслация)  0 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  54 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  5 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  10 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  0 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  5 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  6 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1

Ruslan Jiyanov: "Ota-onam va tog'am Olimpiada va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadigan terma jamoa safida o'ynash nasib etsin, deb duo qilishardi" Yangiliklar

Ruslan Jiyanov: "Ota-onam va tog'am Olimpiada va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadigan terma jamoa safida o'ynash nasib etsin, deb duo qilishardi"

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston va Tojikistonda CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi bo'lib o'tdi hamda unda Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi turnir g'olibi bo'ldi.

"Navbahor" vingeri Ruslan Jiyanov ham mazkur musobaqada terma jamoa tarkibida o'ynab, milliy jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shdi. Namanganliklar matbuot xizmati Jiyanovdan musobaqadan olgan taassurotlari borasida intervyu oldi.

- Ruslan, suhbatimiz avvalida CAFA turniridagi zafar bilan tabriklaymiz. Musobaqa taassurotlari borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Tabrik uchun rahmat. Terma jamoamizning g'alabasi barcha hamyurtlarimizga qutlug' bo'lsin. Albatta, CAFA musobaqasi ko'tarinki ruhda o'tdi. Allohga shukrki, kubokni qo'lga kiritib, o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishdik.

- Turnir davomidagi eng qiyin uchrashuv qaysi terma jamoaga qarshi kechgan o'yin bo'ldi? 

- Turnirdagi barcha bellashuvlar keskin va murosasiz ruhda kechdi. Lekin o'yinlar ichida eng qiyinini tanlash kerak bo'lsa, shubhasiz, Eron termasiga qarshi kechgan final bahsini aytgan bo'lardim. Eronliklar bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin hisobni ushlab qolish uchun o'ynab, himoyani mustahkamladi. Bu esa bizga qiyinchilik tug'dirdi. Allohga shukr, yakunda xalqimiz va yurtboshimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. 

- Musobaqa g'olibiga aylanganingizda muhtaram Prezidentimiz stadionga tashrif buyurib, futbolchilarni tabrikladilar hamda kubokni o'z qo'llari bilan futbolchilarga topshirdilar. Bu voqelik, yani yurtboshimizning stadionlarga tashrifi qisqa vaqt ichida ikkinchi marta sodir bo'lmoqda. Bu nafaqat yurtimiz futboli, balki, jahon futboli tarixida ham deyarli kuzatilmaydigan hodisa. Ayting-chi, Prezidentimiz tomonlaridan futbolchilarga bo'lgan ushbu ulkan etibor sizlarga qanchalik motivaciya berdi? 

- Albatta, yurtboshimiz tomonidan bo'ladigan etibor har doim kim bo'lishidan qatiy nazar insonga o'zgacha his-tuyg'ularni taqdim etadi. Muhtaram Prezidentimizning ishonchlari bizga katta ruh va kuch berdi. Stadionga tashrif buyurib, muvaffaqiyatni biz bilan birga nishonlaganliklari esa biz – futbolchilarga yanada ko'proq motivaciya beradi. Mamlakatimiz futbolida erishilayotgan yutuqlar zamirida albatta yurtboshimizning millionlar o'yiniga bo'lgan ulkan etiborlari samarasi yotibdi.

Fursatdan foydalanib, futbolga berayotgan ulkan etiborlari va yaratib berilayotgan alo darajadagi sharoitlar uchun barcha futbolchilar nomidan muhtaram Prezidentimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- JCH-2026ga qadar milliy terma jamoamiz ko'plab yig'inlar uyushtiradi. Mundial startini qanchalik kutyapsiz? Jahon chempionatiga qadar sodir bo'layotgan qalb kechinmalari, his-tuyg'ular bilan o'rtoqlashsangiz...

- Mundial umuman boshqa daraja. JCHda ishtirok etish har bir futbolchining orzusi. Barcha qatori men buni ham intiqlik bilan kutyapman.

- Siz yurtimiz tarixida ilk marta Olimpiada va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalar futbolchisiz. Bu sizga qanday hissiyotlarni hadya etmoqda? 

- Bu endi umuman boshqa narsa. Mazkur tuyg'uni so'z bilan ifodalay olmayman. Allohga shukr, uyda ota-onam, tog'am ham bolaligimda Olimpiada va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadigan terma jamoa safida o'ynash nasib etsin, deb duo qilishardi hamda bu haqda ko'p gapirishardi. Qolaversa, sinfdoshlarim bilan ham ko'p hazillashardim va terma jamoamiz men o'ynagan davrda Olimpiadada ham, mundialda ham ishtirok etadi, derdim. Niyatlarim xolis ekan, orzularim birma-bir ro'yobga chiqmoqda. Buning uchun Allohga shukr deyman. Alloh taolodan nima so'rasangiz, shuni beradi. Shuning uchun niyatni katta qilish kerak ekan. Kelasi yilgi JCHda ham katta natijalarga erishish ijobat bo'lishiga ishonchim bor.

- Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze borasida nima deya olasiz?

- Timur aka bilan ko'p yillar javomida birga faoliyat yuritganmiz, juda ham kuchli mutaxassis. Timur Toxirovich boshqaruvida yurtimiz futboli tarixida ilk marta Olimpiada va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Timur akaning qo'l ostida futbol o'ynash oson. U har bir o'yinchining ko'ngliga yo'l topa oladi.

- Muxlislarga tilaklaringiz... 

- Ishqibozlarning borlariga shukr, ularning duolari va qo'llab- quvvatlashlari bilan tarixiy natijalarga birma-bir erishmoqdamiz. Muxlislar doimo bizni qo'llashdan charchamasin, biz esa ularni xursand qilish uchun maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
12 sen 22:15:10
Бахтиёр Ашуров
Habib foydalanuvchining fikriga javob berish
Baribir tortmaydi terma jamoaga
Мана шу учала футболчини баъзи бирлар танқид қилишгани учун. Ўзбекистон - Эрон ўйинида атайин шуларни кузатдим. Комилов Ҳамроалиев ва Жияновлар яхши ўйнади. Энг эсда қоларлийси : Ҳамроалиевдан асисис. Комилов икки марта Торемийни дарвозабон билан яккама - якка чиқиб кетишдан тўҳтатиб қолган бўлса. Жиянов эса бир неча марта олдинги чиқдаги шерикларини. Аниқ узатмаларни билан, яхши вазиятга чиқариб қўйди!
+2   
12 sen 23:33:15
Зинуp
Эй акалар нима кераги бор шунча негативни.. бу интервьюни узи укийди якинлари укиди, жуда энди чичворманглар.. ёзиш экан деб ёзаверманглар. Уша хар кунги троллар ёзяпсилар, булдида энди. Омад тилаш,подержка килиш кулдан кемаса индмаманг булди.
+1   
12 sen 18:40:08
Бахтиёр Ашуров
Habib foydalanuvchining fikriga javob berish
Ruslan hali terma jamoa saviyasidagi uyinchi emas,,agar yaqin urtada usmasa shundayligicha qolib ketadi,,,buni urniga boshqa yaxshi hujumchilar yetarli,,lekin kopa negadir faqat shuni tortadi
Қанот ярим ҳимоячи. Ҳужумчи эмас!
+1   
12 sen 18:33:55
NavBars
RUSLAN OMADINGNI BERSIN. OTA-ONANGNI DUOLARINI OLAVER UKAM. DUODA ISH KATTA.
LEKIN SHUNGA YARASHA MEHNAT HAM QILISH KERAK. BUNI HAM YODDA TUTGIN. MUVAFFAQIYAT O'Z-O'ZIDAN KELIB QOLMAYDI!!!
+1   
12 sen 17:27:57
Бахтиёр Ашуров
Ўзбек футболининг муҳлиси foydalanuvchining fikriga javob berish
Э Русланжон, агар сан олдинги пакаленияда бўлганингда ҳамма гап дуода эмас, меҳнатда эканлигини билардинг
Нима бўлганидаям, ўша куни Ҳамроалиев Комилов ва Жияновлар яхши ўйнади!
   
13 sen 20:00:04
Wonderboy7
Manimcha Xojimat Erkinov kuchli oyinchi Ruslandan holis qaraganda
   
12 sen 21:47:40
Habib
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Қанот ярим ҳимоячи. Ҳужумчи эмас!
Baribir tortmaydi terma jamoaga
   
12 sen 18:01:32
Ravshan Pulatov
Ўзбек футболининг муҳлиси foydalanuvchining fikriga javob berish
Э Русланжон, агар сан олдинги пакаленияда бўлганингда ҳамма гап дуода эмас, меҳнатда эканлигини билардинг
Дуо олишда тухтаманг укам
-1   
12 sen 19:29:41
Рома
Кайси тоганг дуо килади?Ким тоганг?
-1   
12 sen 18:48:19
Ўзбек футболининг муҳлиси
Ravshan Pulatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Дуо олишда тухтаманг укам
Раҳмат
-1   
12 sen 18:48:08
Ўзбек футболининг муҳлиси
Мирзаев Б foydalanuvchining fikriga javob berish
Ха,олдинги поколениялар мехнат киловриб хар жч ва олимпиада остонасидан кайтишррган санга хам дуо хам мехнат билан узокрокка бориш насиб этсин
Биринчи навбатда Инфантино тоғангни дуо қил унда
-1   
12 sen 18:27:03
Habib
Ruslan hali terma jamoa saviyasidagi uyinchi emas,,agar yaqin urtada usmasa shundayligicha qolib ketadi,,,buni urniga boshqa yaxshi hujumchilar yetarli,,lekin kopa negadir faqat shuni tortadi
-1   
12 sen 18:08:58
Faxriddin
Копа тренер булмаса халиям ошмайди
-1   
12 sen 17:54:56
Мирзаев Б
Ўзбек футболининг муҳлиси foydalanuvchining fikriga javob berish
Э Русланжон, агар сан олдинги пакаленияда бўлганингда ҳамма гап дуода эмас, меҳнатда эканлигини билардинг
Ха,олдинги поколениялар мехнат киловриб хар жч ва олимпиада остонасидан кайтишррган санга хам дуо хам мехнат билан узокрокка бориш насиб этсин
-2   
12 sen 17:52:57
Yigitali Sultonov
Bu bolaga terma jamoada joy kafolatlanganmi, mundialga borishiga uziga ishonch bilan gapirmoqda,
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика