Ballak Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi asosiy favoritlarini aytdi
12 sen 2025 19:19
Yangiliklar
Ballak Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi asosiy favoritlarini aytdi
Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak jurnalistlarga Chempionlar Ligasining ushbu mavsumi favoritlari haqida gapirdi.
Ballak "Bild" nashriga bergan intervyusida "Bavariya" har qanday raqibni mag'lub etishga qodir, ammo Kompani jamoasi uning uchun mutlaq favorit emas. Mutaxassisning takidlashicha, "Manchester Siti" yoki "Real"ni ham g'alabaga asosiy davogar deb atash qiyin.
"Barselona" favorit hisoblanadi, ularda ajoyb jamoa bor. Kataloniyaliklardan Lamin Yamalni ajratib ko'rsatgan bo'lardim, bularning barchasiga esa Xansi Flik boshchilik qilmoqda. PSJ ham favoritlar qatoridan o'rin olgan. Luis Enrike boshchiligida Parij klubi top-klubga aylandi", – dedi Ballak.
Eslatib o'tamiz, PSJ Chempionlar Ligasining amaldagi sohibi sanaladi. Parijliklar o'tgan mavsum finalida Milanning "Inter" jamoasini 5:0 hisobida tor-mor etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar