"Yuventus" Zidanga 3 yillik shartnoma taklif qildi

Tolibjon Qosimov
11 mar 2019, 19:46
Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Turinning "Yuventus" klubini boshqarishga yaqin.

"El Pais" nashrining ma'lum qilishicha, "Real"ning sobiq ustoziga 2022 yilgacha shartnoma taklif qilingan. Manbaning keltirishicha, Zidan bilan "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ham aloqaga chiqmoqchi. Ammo, francuz yana bir bor madridliklarni boshqarishni rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Pais