“Yuventus” transfer bo'yicha “Lion” a'zosi bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021, 21:00
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Lion” yarim himoyachisi Ussem Auar yozda “Yuventus”ga o'tishga rozilik bildirdi.

Fransiyalik xavbek Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashi xohlamoqda va o'z omadini A Seriyada sinab ko'rmoqchi.

Qayd etish joiz, turinliklar o'tgan yoz ham Auarni sotib olishga harakat qilgan.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum Liga 1'da 16 bahsda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru