"Yuventus" futbolchisining onasi o'g'li uchun yangi klub qidirishni boshladi

Alisher
4 noya 2019, 13:05
"Yuventus" xavbeki Adrien Rao qishki transferlar oynasida jamoadan ketishga yaqin.

Rabo o'zining jamoadagi holatidan qoniqmayapti. Futbolchi unga ko'proq o'yin amaliyoti berishlarini xohlamoqda.

Aytishlaricha, Raboning onasi Veronik o'g'li uchun yangi jamoa qidirishni boshlagan.

Aynan futbolchining onasi Raboning agenti hisoblanadi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6ta o'yinda maydonga tushib, ularning 3tasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Get French Football News