

“O'ylashimcha, Tuxel “Bavariya”ni boshqarishga qodir. Dortmundning “Borussiya”si uning qo'l ostida zamonaviy futbolning barcha jihatlarini o'zida jamlagan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Tuxel qo'l ostida jamoa bundesligada 2-o'rinni oldi, kubokni yutdi. U jamoada jozibali o'yinni tashkil qila oldi. Menga uning “Borussiya”sini kuzatish yoqqan. Shuning uchun ham men uni yaxshi murabbiy deb bilaman”, - deydi Xaynkes.



