Yamaykalik futbolchi APL grandlariga kerak bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 12:14
"Bayer" vingeri bir necha grand klublar nishonida.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari "Bayer"ning 22 yoshli futbolchisi Leon Beylining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, uchala klub ham uni Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jeydon Sanchoga alternativ sifatida ko'rmoqda.

Ushbu mavsumda yamaykalik vinger Bundesligada 21 o'yinda 5 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail